Бош саҳифа / Жамият / ‘‘…qatori turnani uyaltirgudek’’

‘‘…qatori turnani uyaltirgudek’’

Sayyor qabuldamiz. Murojaatchilarning aksariyati ayollar. Qabulda ko‘rilgan masalalar, murojaatlar va ularning yechimi borasidagi ma’lumotlarni bir-bir qog‘ozga yozib olyapman. Birinchi murojaatdan tortib, to o‘ttizinchi murojaatgacha jim kuzatdim.

“Hokim bobo, men yolg‘iz onaman, ajrashganman, bolalarimni katta qilishga qiynalyapman, ustiga ustak, uyimiz ham yo‘q”. Murojaatni o‘rganib chiqish va tegishlicha ko‘mak berilishi aytilgani hamono navbatdagi murojaatchi: “Hokim otam, turmushimdan ajrashganim uchun ota uyimda bolalar bilan sarsonman, ishsiz va uysizman, yangi uy qurib berishda amaliy yordam bersangiz”. Qolgan 28 murojaatning mazmuni ham xuddi shunday. Ajrashganligini, yolg‘iz onaligini pesh qilib, uy ilinjida kelishgan. Sizga yolg‘onday tuyular, ammo men o‘sha uchrashuvda shaxsan guvohi bo‘lganim uchun ham ishonishga majburman. Afsuslar bo‘lsinki, uy so‘rash bugun vohadagi aksariyat xotin-qizlarning “xobbi”siga aylanib ulgurgan.

Murojaatchilarning ko‘pchiligi bo‘yi terakday, qaddi-qomati barchinni uyaltirarlik, ammo ishsiz, ajrashgan. Aqli esa tariqdan kichik. Ish taklif qilishsa, inkor qilib turganiga nima deysiz? Uy olish muddaosi bilan vaqtinchalik nikohdan ajralib, mutasaddilar uy olib berishsa, keyin qayta turmushni davom ettiradiganlar ham borligini eshitib yoqamni ushlayman. Ana sizga mentalitet-u mana sizga ibo-hayo, g‘urur… eng qizig‘i, haqiqiy ko‘makka muhtoj ayollar o‘zini bechoraga solib, mutasaddilarga peshvoz chiqib, ahvolini “piar” qila olmaydi. Qayerdan paydo bo‘lyapti shuncha yolg‘iz ayol, turmushidan ajralib, gerdayib turgan so‘xtasi sovuqlar? Bular bilan ishlaydigan, tushuntirishlar olib boradigan, oila muqaddasligini, uni o‘yin bilan tugatib, shuning ortidan kimdandir biror narsa umid qilib yashash sharq ayollariga xos bo‘lmagan xususiyat ekanini tushuntira oladigan, oilaviy ajrimlarning oldini olishga intiladiganlar qani? Bir so‘z bilan aytganda, biz qayerga qarab ketyapmiz?

 Arzimagan maishiy masalalar ham butun boshli oilani ajratib yuborishga-da qodir kuchga aylanib ulgurgani alamli. Kunlardan bir kun faoliyatim yuzasidan tag‘in bir voqeaning guvohi bo‘lib qoldim. Mahalla idorasiga kirishim bilan meni yovqarash bilan kutib olishdi. U yerdagilarning vaziyati ham vajohati ham tamomila boshqacha. Sekin tashqariga chiqib ketdim. Ortimdan kelgan mahalla raisi esa “bu yerdagilar oilaviy ajrim masalasida kelishgan, shularning muammosini gaplashib turgandik”, deya vaziyatga oydinlik kiritdi. Mahalla raisi: “Bu oila nuqul arzimagan, bo‘lar-bo‘lmas narsalarning ustida ham jiqqa-musht bo‘lishaveradi, ularni tinchlantirib, yarashtirib qo‘yish uchun nimalar qilmadik, deysiz. O‘rtada sarson go‘daklar, boyaqishlar”, deya bosh changallaydi…

Besabrlik, hayotga yengil-yelpi qarash, oilani o‘yin bilish, farzandlar taqdiriga befarqlik, eng yomoni, ajrashganligini ro‘kach qilib, qabulma-qabul murojaatga chopish avj pallasiga chiqdi. Ajrimlar kamayish o‘rniga ko‘payib, turmush degan narsa tizginidan chiqib ketayotganini statistik ma’lumotlar ham isbotlab turibdi. — Ming afsuski, o‘tgan yilga nisbatan oilaviy ajrimlar soni ko‘paygan, 2020-yilning 6 oyi davomida jami ajrimlar 751 ta bo‘lsa, joriy yilning xuddi shu davrida esa 1132 ta oilaviy ajrim qayd etilgan boʻlib, bu koʻrsatkich 381 taga koʻpayganini ko‘rsatmoqda, — deydi viloyat hokimining xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchisi, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Zulxumor Xidirova. — Oilaviy ajrimlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Termiz shahri, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlariga to‘g‘ri kelyapti. Ammo biz oilaviy ajrimlarning, erta turmush va erta tugʻuruq holatlarining oldini olish boʻyicha bir qator targʻibot tadbirlarini amalga oshiryapmiz. Joriy yilda zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari bilan birgalikda ajrim yoqasiga kelib qolgan 582 ta oila bilan manzilli ishlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha amaliy ishlar qilinmoqda.

Adolat Mo’minova

Davomi 62-sonda

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Деновдаги 81-мактабга электрон доска ҳадя қилинди

O’zLiDeP Денов тумани Кенгаши депутати С.Рашидова «Қуёшли юрт» маҳалласидан сайланган. Бугунга қадар депутат маҳалладаги кўплаб …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan