Бош саҳифа / Қишлоқ хўжалиги / Motokultivatorli bo‘ldim

Motokultivatorli bo‘ldim

 Yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida oltinsoyliklar ham ildamlar safiga kirish harakatida.

Chunki, mutasaddilar ishsiz, ijtimoiy ahvoli og‘ir sharoitda yashayotgan insonlar taqdiriga befarq qaramaydi. Ayni shu maqsadda tumanda ishlar qizg‘in. Tuman hokimi A. Jumayev boshchiligidagi sektor rahbarlari o‘z hududlarida ro‘yxatga olingan “Yoshlar daftari”dagi ishsiz yoshlarga ularning bandligini ta’minlash hamda oilasi farovon hayot kechirishi, ro‘zg‘orini uddalashida qo‘l keladigan motokultivator va tikuv mashinalari berildi.

Har biri 8 million 200 ming so‘m turadigan bunday motokultivatorlar bir kunda o‘rtacha hisobda 50 sotix yer maydoniga ishlov bera oladi. Germaniya texnologiyasi asosida yaratilgan bunday agregatlar ko‘p funksiyali bo‘lib, bir vaqtning o‘zida yer yumshatishi, o‘roq o‘rishi hamda qator orasiga ishlov berishi mumkin. O‘z tomorqasidan tashqari mahalladoshlarining ham og‘irini yengil qilishda asqatadi, degan umidimiz bor.

Ana sizga yangilig-u mana sizga islohot. Katta-katta tomorqalar, yer maydonlariga qisqa fursatda ishlov berish imkoniga ega texnika ham jonning rohati, ham unumli foydalansa, yaxshigina daromad keltirishi, shubhasiz.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga ham tikuv mashinalari tarqatilayotgani esa tumanda chevarchilikka bo‘lgan e’tiborni kuchaytiradi. Uy ichida, rozg‘orda yaratishga arzigulik bu kabi texnik vositalar fuqarolar hayotida tub burilish yasashda zamin bo‘lsa, ajab emas. Mutasaddilar ko‘makkaku qo‘l cho‘zayotir, endi unga labbay, deya unumli foydalanib, imkoniyatlarimizga to‘g‘ri baho bersak, birdaniga katta daromadni ko‘zlab emas, sabr bilan ishga kirishsak, hammasi besh bo‘lishi aniq. Shunday ekan, hormay-tolmay mehnat qilsak, kun kelib yuqori natija va ro‘zg‘orimizga fayz yog‘iladi.

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

G‘alla o‘rimi arafasida

Dehqonga hosil yetishtirish qanchalik mashaqqatli bo‘lsa, uni yig‘ib olish ham sertashvish yumush. G‘allakorlarimiz kechagina dalaga …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan