Бош саҳифа / Жамият / “Mopassan O‘zbekistonda “nevarali bo‘ldi”

“Mopassan O‘zbekistonda “nevarali bo‘ldi”

“Hindiston vijdoni” deya e’tirof etiladigan Robindranath ­Thokur Xudoga iltijo qilib: “Minba’d bu zaminga Mopassan qadam qo‘ymasin”, degan ekan. Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi deganlar bu gapga ortiqcha bo‘yoq berib, ikki adibni millatchi-yu yana allaqanday fisq-u fasodga burkamay buyuk hind adibining nega bunday deganiga izoh bersam…

Bu yerda ­ Thokur fransuz adibiga ehtirom saqlagan holda uning zinokorlik zavq-shavq bilan tasvirlangan asarlarini nazarda tutgan, xolos. Adabiyot ham yomonlik sog‘inadimi? Adabiyot ham jamiyat hayotida aks ta’sir ko‘rsatadimi? Bilmadim, bilganim ­ Thokur hamkasbining qarashlari singgan adabiyotni muqaddas zaminiga kirib borishidan va millat ma’naviyatiga salbiy ta’sir etishidan cho‘chigan, xolos.

 Bizda Mopassanni to‘sib qolganlar bo‘lganmi? Afsuski, Mopassan ip esholmay qolgan darajadagi zinokorlik tarannumi ziyo ulashishi maqsad qilingan kitoblarda ham, teleekranlarda ham hozir-u nozir. Yana taassufki, bu gaplarni eshitar quloq, e’tibor qaratar mutasaddi yo‘q. Millatning kelajagi esa ekran qarshisida o‘ynashi bilan qilgan kirdikorlarini ipidan ignasigacha aytib, kamiga maza qilib ko‘rsatayotgan “daydi”ning-da daftariga mahliyo bo‘lib vaqt o‘tkazmoqda.

Turklarning behayolik targ‘ibotidan biznikilar o‘zsa o‘zdiki, bir nafas ortda qolgani yo‘q. Ekranlarda, praym taym (tomoshabinlar eng ko‘p teleekran qarshisida bo‘ladigan paytlar)da aso-san dunyo osiylari ham hazar qiladi-gan tuban mavzular haqida so‘z borayotgan bo‘ladi. Yangasiga ko‘z olaytirgan qayinuka, qayinotasining yotog‘ida bamaylixotir yurgan kelinlar. O‘gay farzandlari-yu qarindosh-qondoshligi esdan chiqqan ko‘yi zinoning turfa manzillarida turli jirkanchliklarni amalga oshirayotgan bo‘ladi.

 Bu degani +18 belgisini ekranning burchagiga tirkab qo‘yib, millat ma’naviy iste’moli uchun shunday mentalitetdan yiroq holatlarni ko‘rsatish mumkin deganimi? Taassufki, Mopassan bu seriallar, film va novellalarni ko‘rib, o‘z millatining bu filmlarni minba’d ko‘rmasligini tilagan bo‘lardi. ­ Thokur esa bu filmlarni Hindistonda ko‘rsatmaslik istagida to‘lg‘onib, insult olgan bo‘larmidi? Vallohu a’lam!

Millat mafkurasiz, ma’naviyati esa poxol tiqilgan dala qo‘riqchisidek jonsiz… achinarlisi, shundaki, o‘zbekka quda bo‘lib, “Mopassan” allaqachon nevarali ham bo‘ldi. Tub qo‘yib, palak yozdi. Millat zinoni odatiy hol deb qabul qilib, seskanmay qo‘ydi. Afsus!

Xurshid Karshiyev

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Ёмон гумон омад йўлимизни боғлайди

Толҳа ибн Абдурроҳман ибн Авф ўз замонасида Қурайшнинг энг саховатли кишиси эди. Бир куни унга …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan