Бош саҳифа / Жамият / “Janub – 2021” Oʼzbekiston – Rossiya qoʼshma oʼquvlari bo’lib o’tmoqda

“Janub – 2021” Oʼzbekiston – Rossiya qoʼshma oʼquvlari bo’lib o’tmoqda

Joriy yilning 30 iyulidan 8 avgustiga qadar “Termiz” okrug dala oʼquv maydonida birgalikdagi Oʼzbekiston va Rossiya oʼquvi oʼtkazilmoqda.

Oʼquvning asosiy maqsadi ikki davlat harbiy boshqaruv organlarining hamkorlik tizimini takomillashtirish, xavfsizlikni taʼminlash masalalari yuzasidan tajriba almashishdan iborat.

Qoʼshma oʼquvning rasmiy ochilish marosimida Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʼrinbosari, polkovnik Qodirjon Tursunov va Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi shtabi boshligʼining oʼrinbosari, general-mayor Nikolay Tereshenko soʼzga chiqib, oʼzaro hamkorlikning muhim jihatlariga toʼxtalib oʼtishdi.

Kuni kecha oʼquv-yigʼin ishtirokchilari viloyatning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdi. Xususan, Аrxeologiya muzeyi, Surxon etnomadaniyatini oʼzida aks ettirgan majmualar barchada katta taassurot qoldirdi.

Аkbar Ahmedov

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Деновдаги 81-мактабга электрон доска ҳадя қилинди

O’zLiDeP Денов тумани Кенгаши депутати С.Рашидова «Қуёшли юрт» маҳалласидан сайланган. Бугунга қадар депутат маҳалладаги кўплаб …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan