Бош саҳифа / Жамият / “Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q”

“Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q”

Qo‘shning tinch — sen tinch, deya bejiz aytilmagan. Haqiqatan ham, yon qo‘shning oilasida muammoli vaziyat, urush-janjal bo‘lib tursa, xotirjam bo‘lolmasliging aniq. Ana shunday halovatsizlik — qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyat ko‘pchilikni beixtiyor sergaklantirdi. Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat sabab ham bugun ko‘pchilik vohadoshlarimizni turli xil noo‘rin fikrlar xavotirga solmoqda. Bu holat, ayniqsa, ikki davlat chegarasida joylashgan hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolarni yanada ta’sirlantirishi turgan gap.

Ana shunday kezlarda kishilarga voha rahbarining samimiy fikrlari, tashabbuskorligi va chegara hududlarda yashovchi aholi bilan dildan suhbat qurib vaziyat yuzasidan atroflicha axborot berib, odamlarning dilidagi shubha-gumon, sarosimalik va vahimani olib tashlash muhim. Vaziyatni teran anglagan holda Rossiya Federatsiyasidan xizmat safaridan endigina qaytgan viloyatimiz hokimi To‘ra Bobolov Termiz shahrining qo‘shni Afgʻoniston davlati bilan chegaradosh “Pattakesar”, “Nurli kelajak” hamda A.Jomiy mahallalarida bo‘lib, oqsoqollar va mehnat faxriylari bilan suhbatlashdi.

Uchrashuvda viloyat rahbari qo‘shni davlatda yuzaga kelgan harbiy-siyosiy vaziyat haqida atroflicha maʼlumot berib, mamlakatimizning Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish kuchaytirilgan tartibda olib borilayotgani, Termizda xavfsizlik idoralari rahbarlari va davlat hokimiyati organlari vakillaridan iborat tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilib, quruqlik va suvda sarhadlarimizni qo‘riqlash uchun barcha zarur xavfsizlik choralari ko‘rilgani haqida ta’kidladi.

— Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. “Termiz-Hayraton” ko‘prigi hududida vaziyat barqaror, — dedi T. Bobolov. — Ko‘prikning Afgʻoniston qismida to‘plangan Afgʻoniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etdi. Bunga faol siyosiy va diplomatik saʼy-harakatlar, shuningdek, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida erishildi.

Uchrashuvlar yakunida viloyat hokimi chegara hududlarda yashayotgan aholining turmush tarzi bilan tanishib, ularning taklif va tavsiyalarini tingladi. S arhadlarimiz mustahkam, qo‘rg‘onimiz tinch, harbiy xizmatchilarimiz doimo chegarada ogoh ekan, hech qanday xavotirli holatga o‘rin qolmaydi. Voha rahbari bilan uchrashuvga yig‘ilgan nuroniy otaxon-u onaxonlar qo‘llarini duoga keng ochib, yurtimiz mustaqilligi, tinchligiga ko‘z tegmasin, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, deya ezgu tilaklar bildirishdi.

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Термизда Афғонистонга гуманитар ёрдам бериш учун логистика маркази ташкил этилади

БМТ Афғонистонга гуманитар ёрдам бериш учун Ўзбекистонда логистика марказини ташкил этади. Бу ҳақда БМТ расмийси …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan