Farzandimga kitob sovg‘a qilaman

Date:

Farzandiga yaxshilik ulashmoqchi bo‘lgan ota-ona so‘nggi rusumdagi telefon yoki planshet emas, o‘qishli, mazmunan boy bo‘lgan kitob sovg‘a qilishlari kifoya. To‘g‘ri, buning uchun ota-onaning o‘zi kitobxon bo‘lishi, farzandiga qanday kitob tanlash salohiyatiga ega bo‘lmog‘i ham lozim. Ana shundagina sovg‘a kichik egasiga manzur bo‘ladi va tanlov o‘zini oqlaydi.
Qumqo‘rg‘on tumanidagi 27-sonli umumta’lim maktabida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida tashkil etilgan kitob yarmarkasi o‘g‘il-qizlariga kitob tufha qilishni o‘ylagan ota-onalar uchun ayni muddao bo‘ldi. Yarmarkaga kelgan borki, rastaga qo‘yilgan kitoblarni bir-bir ko‘zdan kechirdilar. Ota-onalar farzandlari bilan birgalikda kitob tanladilar.
Unda tuman hokimi Anvar Normamatov ham ishtirok etib, kitobxonlikni ommalashtirish aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, o‘zbek hamda jahon adabiyotining mumtoz va badiiy asarlarini ko‘proq o‘qish kerakligi haqida ta’kidladi. Shuningdek, ushbu maktabda tashkil etilgan 5-sektor Ma’naviyat sektori ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Halollik standarti joriy etiladimi?

Korrupsiya har doim to‘xtaladigan va sarlavhasini ko‘rgandayoq ensa qotadigan...

Imkoniyati sinovdan o‘tdi

Mamlakatimizda fuqarolar tili, millati, irqi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i...

Tezkor choralar ko‘rish uchun…

Tabiiy ofatlar so‘rab kelmaydi. Shunday ekan, har birimiz ogoh...

Iqtidorlar kashf etildi

"Turon" maktab teatri respublika tanloviga start berilgani maktabdagi iqtidorli,...
KunTun
KunTun