Ezgulik qadri

O‘zini tanigan ilmli kishilardan “Dunyoni nima ushlab turadi?” deb so‘rasangiz, albatta, “Mehr-oqibat!” deya javob berishi aniq. Haqiqatan ham shunday. Bu dunyoda hayot mavjud ekan, ezgulik va yovuzlik, nur bilan zulmat muttasil kurashib keladi. Albatta, insonning tashqi ko‘rinishi ichki dunyosidan qisman bo‘lsa-da, xabar beradi, ammo, kishining yuzini nurga chulg‘aydigan amal, shubhasiz, bu ezgulikdir. Ba’zi-ba’zida ko‘cha-ko‘yda: “Dunyo mana shunday yaxshi odamlarning borligi uchun ham tinch turibdida, bo‘lmasa, allaqachon ostin-ustun bo‘lib ketardi”, qabilidagi gaplar ham quloqqa chalinib qoladi.

Ta’bir joiz bo‘lsa, insonning to‘la-to‘kis baxti Vatan ichidagi mo‘jaz Vatan bilan o‘lchanadi. Zero, uysiz, ijarama-ijara yurish kishini jisman ham ruhan toliqtiradi.

Oqibatda, odam jamiyatda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mutlaqo befarq loqayd kimsaga aylanib qoladi. O‘zingizga ma’lum, jamiyatdagi eng xavfli kasallik bu – loqaydlik sanaladi. Bundan tashqari, kimningdir qaramog‘ida “yelkang qisilib”, birovlarning qosh-qovog‘iga qarab yurishdan yomoni yo‘q. Buning ustiga, shaxsiy hayotda omading chopmaganligi ham bir og‘ir musibat. “O‘z uying — o‘lan to‘shaging”, deb bejiz aytishmagan. Yaqinda jarqo‘rg‘onlik Dilshod Abdiyevaning uzoq yillik orzusi ushaldi. U uyi bo‘lmaganligi sababli ham savobtalab insonlarning uyida bir nafar voyaga yetmagan farzandi bilan yashab yurdi. Shunday qiyin damlarda qilingan arzimas yaxshilik ham inson hayotining nimqorong‘i go‘shalarini yorishtirib yuborar ekan. Ya’ni, bitta ezgu amal boshqa biriga yo‘l ochadi. Bunga shubha yo‘q. Turmushi singan Dilshod Abdiyevaning hayotiga bir inson tarafidan qilingan ezgu amal tufayli yana mazmun oraladi. Ya’ni, jarqo‘rg‘onlik saxovatpesha inson Tojixol Ne’matova Dilshod Abdiyevani uysiz yurgan paytda o‘z qaramog‘iga oldi. Va nihoyat, joriy yilda Dilshod Abdiyevaning tuman hokimiga qilgan murojaati odilona ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, «Qorayog‘och» mahallasi hududidagi kottejdan 2 xonali uy ajratildi. Kakaydi qo‘rg‘onidagi DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli N-sonli harbiy qismning komandir o‘rinbosari Jamxur Hamidovning tashabbusi bilan harbiy xizmatchilar tomonidan uy to‘liq ta’mirlab berildi.

— Menga yaxshilik qilib, uyidan joy bergan insonlarga o‘z minnatdorchiligimni qanday izhor qilishni ham bilmayman, — deydi Dilshod Abdiyeva. Uysiz, ijrama-ijara yurganimda Tojixol opa uyidan joy berib, meni va farzandimni qaramog‘iga oldi. Ruhan tushkun kayfiyatga tushib qolgan edim. Tojixol opa meni ruhan tobladi, hayotga ruhlantirdi, yomon kunlarimda umid berdi. Ana shu umid tufayli ham men hayotga yana qayta yuzlandim. Aks holda, hayotim qanaqa bo‘lishini tasavvur ham qila olmasdim.

Davomi gazetaning 58-sonida

X.Tog’aymurodov

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Ёмон гумон омад йўлимизни боғлайди

Толҳа ибн Абдурроҳман ибн Авф ўз замонасида Қурайшнинг энг саховатли кишиси эди. Бир куни унга …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan