Ehtirom

Date:

Ilmga bag‘ishlangan hayot yo‘li yuksak ibrat namunasidir. Inson ilm bilan kamolotga erishib, hayot haqiqatlarini anglaydi. Bu uning botinida namoyon bo‘la boshlaydi. Jamiyat hayotimizda, atrofimizda hayotini ilmga bag‘ishlagan insonlar, olimlarning borligi tanlagan yo‘limizga nisbatan ishonchimizni oshiradi. Termiz davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetida faoliyat yuritib kelayotgan ustoz Normat Yo‘ldoshev ham ana shunday yo‘ldan mardonavor yurib, xalq orasida hurmat va e’tibor qozongan inson. Uning ilm va hayot yo‘liga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha esa barchaga katta qiziqish uyg‘otdi.


Tadbirda so‘z olganlar ustozning bugungi kundagi yutuqlari va erishgan natijalarini alohida e’tirof etishdi. Ilmiy izlanishlari haqida to‘xtalib, ustozning tanlagan mavzularining ilmiy ahamiyati, nechog‘lik dolzarbligi haqida to‘xtalishdi. Albatta, ustoz muallifligidagi qator maqolalar, risola va darsliklar o‘z-o‘zidan yozilib qolgan emas. Unda muallifning mehnati, izlanishlari mujassam. Shu jihatdan, kecha qahramonining faoliyatiga qiziqish bildirgan yoshlar, ustozga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, munosib javob ham olishdi.
Samimiy ruhda o‘tgan kechada ustoz shogirdlarining e’zozi va ardog‘ida bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tatariston delegatsiyasi kuzatildi

Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanovning Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrifi...

Muzey tataristonliklarga manzur bo‘ldi

Bugun Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan Tatariston Respublikasi Raisi Rustam...

Tatariston Respublikasi delegatsiyasi “Bahor”da

Surxondaryo viloyatining savdo-iqtisodiy imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyatimizda...

Tatariston rahbari Surxondaryoda gilam ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlari bilan tanishdi

Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov Termiz tumanidagi “Termez National...
KunTun
KunTun