Bekatlarni yo‘lovchilarga qaytarish maqsadida…

Date:

Bekatlarni yo‘lovchilarga qaytarish maqsadida…
Bekatlar “Aqlli” tus olavergani sabab, yo‘lovchi ularga kirishdan hayiqadigan bo‘lib qolgandi. To‘g‘ri-da, bu bekatlarning eshigini ochish uchun yo issiqqina kofe ichish, yo nimadir xarid qilish lozimdek. Do‘kon yoki ovqatlanish shaxobchasiga aylangan nuqtada avtobus kutish noqulay-da. Yetmaganiga bekat oynalariga turli reklama afishlarining yopishtirib tashlangani tashqarini to‘sib qo‘ygan. Natijada kutayotgan avtobusimizni o‘tkazib yuborishimiz hech gap emas. Sababi avtobuslar xaydovchilari ham bekatda to‘xtab o‘tish kerakligidan bexabar.
Bunday holatlar xalqning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgandi. Bekatlarni yo‘lovchilarga qaytarishlarini so‘rab qilinadigan chiqishlar ham mas’ullar e’tiboriga tushib, kunning mavzusiga aylanib borgani bor gap. Shu sababdan ham Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev, sektor rahbarlari va aloqador masʼullar bilan birgalikda shahrimizdagi bekatlar faoliyati, shuningdek, undagi yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
O‘rganish davomida amin bo‘lindiki, e’tirozlarlarda jon bor. Xalqimiz ahliga qulaylik yaratish va bekatlarni yo‘lovchilarga qaytarish maqsadida mutasaddilar tomonidan tadbirkorlarga bekatlarni shaharsozlik qoidalariga moslashtirish yuzasidan tushuntirish va zaruriy ko‘rsatmalar berildi.
Amaldagi meʼyor-qoidalariga mos kelmagan bekatlardagi, yaʼni tadbirkorlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan bekatning yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan qismida turli xil xizmat ko‘rsatish nuqtasiga aylantirilganligi bo‘yicha mavjud kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq tumanida ham…

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bugungi kunda har bir xonadon...

Farzandim taqdiriga befarq emasman

Bugun Termiz tumanida MMTB bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli umum ta’lim...

50-maktab 12 dona tikuv mashinasi bilan ta’minlandi

Maktablarda ta’lim-tarbiya berilishi bilan birga kasb-hunar sirlarining ham o‘rgatilayotgani...

Huquqiy maslahat berildi

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limasi hamda O‘zbekiston notarial...
KunTun
KunTun