Бош саҳифа / Жамият / «Ayritom»da nima gap?

«Ayritom»da nima gap?

Ayni kunlarda Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida internetda ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham, rasmiy va norasmiy ommaviy axborot vositalarida ham bong urilayapti. Ko‘plarni bu qaltis vaziyat sarosimaga ham solib, turli-tuman shov-shuvlar ham bolalagani rost. Dunyoning bir chekkasida o‘tirvolib, O‘zbekistonga, ayniqsa, Surxondaryoga ham, xususan, Termiz shahriga chegaradan afg‘onlar o‘tib kelibdi kabi gaplar tarqaldi. Boshqa hududda yashayotgan qarindoshi borlarga esa tinimsiz qo‘ng‘iroqlar bo‘lib, u yerda qanday yashayapsizlar, afg‘onlar kirib kelayotgan ekan, sizlarda vaziyat shunchalik jiddiymi deyishgani ham ayni haqiqat. “Suvni ko‘rmay etik yechayotganlar” har xil gaplarni, vahimalarni tarqatayotgani esa shu yerda yashovchi aholini biroz bo‘lsa-da qo‘rquvga solib qo‘ydi.

Vaziyat aslida qanday, ayniqsa, qo‘shni Afg‘oniston bilan chegara hududlarda yashayotgan aholi bu vaziyatda nimalar qilayotgani, ularning bugungi turmush tarzi jurnalist sifatida biz uchun ham qiziq. Avvaliga rosti biroz ko‘ngilda hadik aralash, chegara hudud tomon otlandik.

Erta tongdan “Termiz-Hayraton” chegara hududida joylashgan “Ayritom” mahallasidamiz. Mahalladagi mutasaddilar bilan birgalikda u yerda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan dildan suhbatlashishga, ularning turmush sharoiti bilan tanishishga tirishamiz.

Ilk mehmon bo‘lganimiz mahallada 7-8 yillardan buyon tikuvchiik sexini tashkil etib, halol mehnati ila ro‘zg‘or tebratayotgan Zebo Jumayevaning xonadoni bo‘ldi. Mohir chevar ishsiz, hunar egallash istagidagi, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarga hunar sirlarini o‘rgatib kelayapti. Yaqinda mahalladagi tashabbuskorlar u kishiga faoliyatini kengaytirishi uchun tikuv mashinkasi eltib berishdi. Bu ham hunar o‘rganish istagidagi yoshlarga qo‘l kelayapti. Hunar o‘rganishga kelgan o‘zi bilan tikuv mashinkasini olib keib o‘tirmay, shu mashinkadan bemalol foydalananishini o‘ylab qilingan ish aslida. Hozirda Zeboning tikuv sexida ish qizg‘in. Maktabdan bo‘sh paytida, ta`tilni ham mazmunli ham foydali o‘tkazish ilinjida shogirdlikka tushgan qizlar ham kelin sarpolarini, ayollar liboslarini, zamonaviy pardalar tikishni puxta o‘zlashtirishayapti.

Yillar davomida ikki davlat chegara hududida yashab, qo‘shni davlat fuqarolari bilan yaqin qo‘shnichilik aloqalari singib ulgurgan odamlar uchun hech bir vaziyat u tahlit sarosima keltirmagani esa quvonarli. Turmush o‘rtog‘i ham chegarachilarimiz bilan birga yonma-yon faoliyat yuritadi. Yoshligidan harbiylarning poligonlarini, ularning mashg‘ulot jarayonlarini ko‘rib ulg‘aygani uchunmi, tomorqasi naq Afg‘oniston bilan chegaraning yonginasida, chegaradan besh-olti metr berida ekani ham ushbu xonadon sohiblariga havotir uyg‘otmaydi. Ularda harbiylarga, vatanimiz sarhadlari mustahkamligiga ishonch ustuvor. Qo‘rqishga hech bir hojat yo‘q, deya kundalik turmush faoliyati bilan band fuqarolardagi hotirjamlik tabiiyki, bizga ham ko‘chdi.

Eng muhimi, “Ayritom”da istiqomat qilayotgan aholi shu yerda yashab turib, butun dunyo hamjamiyati eshitib-bilib turgan qo‘shni davlatdagi harbiy-siyosiy vaziyatni yaqindan his etib turgani hamono juda hotirjam. Hamkasbim yonginangizda ana shunday shov-shuvli vaziyatlar sodir bo‘lib turganida sizlarda qo‘rquv va hayajon qanday bo‘ldi, deya savol beradi.

— Chegara hududda yashaganimiz sabab biz doim harbiylarni ko‘rib, ularning poligonlarda mashg‘ulotlar olib borayotganiga ko‘nikkanmiz, qo‘shni davlatdagi siyosiy vaziyatni yaxshi anglaymiz, — deydi Zebo Jumayeva. — Ammo yurtimiz tinch, Allohga shukurki, chegaramiz mustahkam. Mana uzoq yillardan beri shu yerda istiqomat qilamiz, hali biror bir muammoli vaziyatga duch kelganimiz yo‘q. Harbiylarimiz, vatan posbonlari tun-u kun xizmatda. Bizda hech bir qo‘rquv ham, vohima ham bo‘lgani yo‘q. Har doimgidek tikuv seximda bandman. Ikki qizimga ham bemalol vaqt ajrata olaman. Eng muhimi, oilaviy tadbirkorlik qilib kam bo‘lganimiz yo‘q. Kimlardir turli vohimalar tarqatish bilan band bo‘lgan pallada biz hoirjamlikda yangi maqsadlar ila yashayapmiz.

Ayolning hunari bo‘lgani yaxshi-da baribir. Turmush o‘rtog‘ining yonidan kirib, birgalikda uy solishdi, mol-hol qilishdi, endi mashinali ham bo‘lish harakatida. Yonginamiz boshqa davlatning chegarasi, endi nima bo‘lar ekan, qo‘shni hududda muammoli vaziyat ekan, deya qo‘l qovushtirib o‘tirishga vaqti ham topilmasligi kishiga taskin beradi. Tikich-bichishga keladigan buyurtmalarning ko‘pligi sexni yanada kengaytirishga undab turibdi. Sifatli va xaridorning didiga mos tikiladigan choklari ham, kishida zavq uyg‘otadi.

Xurshid KARSHIYEV,

Adolat MO‘MINOVA,

Ikrom AMIRQULOV

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Ёмон гумон омад йўлимизни боғлайди

Толҳа ибн Абдурроҳман ибн Авф ўз замонасида Қурайшнинг энг саховатли кишиси эди. Бир куни унга …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan