Бош саҳифа / Таълим / 42 yil avval uchinchi Renessansni boshlagan ayol

42 yil avval uchinchi Renessansni boshlagan ayol

Aksariyat odamlardan rahbarlikka ishtahasi boryo‘qligini so‘rasangiz, jon-jon, deya bunga rozi bo‘lishini aytadi, tag‘in boshqa birovlar esa hali rahbar bo‘lishga layoqati bormi, yo‘qmi buni o‘ylab ham o‘tirmay, bir iloj qilib rahbarlik kursisiga intiladi.

Ammo, bizning qahramonimiz avval boshdanoq rahbarlikdan bosh tortdi. “Ayol kishiman, oilam, 8 nafar farzandimni o‘ylashim kerak”, deya hech unayvermagach, tuman xalq ta’limi bo‘limi mutasaddilari u kishining turmush o‘rtog‘iga vaziyatni tushuntirishdi. Ana shu kezlarda, ya’ni 1979-yilda denovlik Qarayevlar xonadonida kichikkina tortishuv boshlandi: turmush o‘rtog‘i Xosiyat Qarayevaga “bir yildan buyon xalq ta’limidagilar seni maktab direktorligiga tavsiya qilishsa-yu sen bunga unamabsan, yoki eplolmaslikdan qo‘rqayapsanmi», qabilidagi gapni aytadi. Bunga javoban ayol: “men ancha yildan buyon shu dargohda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib kelayapman. O‘qituvchilikda tajribam oshdi, men bundan aslo cho‘chimayapman, faqat sizga bir narsani aytsam, bordi-yu men maktab direktorligiga tayinlansam, hech qachon uyga pul olib kelmayman, olayotgan oyligimni ta’limni rivojlantirish, o‘quvchilarning savodli bo‘lishiga sarflayman” deydi.

Shu voqeadan keyin Xosiyat Qarayeva Denov tumanidagi 1-umumta’lim maktabining direktori sifatida ishlay boshladi. Xosiyat Qarayeva 1939-yil 1-sentyabrda tumandagi “Sharq haqiqati” qishlog’ida tug’ilgan. Maktabni tugallagan paytlarida uni o‘qituvchilikka olib qolishgan. Ota tili va adabiyoti fanidan yosh avlodga saboq berishni boshlagan kezlardanoq ta’lim tizimida sinchkov va fidoyi bo‘lgan. Maktabga, o‘quvchilarga nima kerak, qanday yondashilsa, natijaga erishish mumkin-u, ta’limga bolani qiziqtirishning yo‘l-yo‘riqlarini puxta o‘zlashtira boshlagan edi. 65 yillik pedagog ish stajiga ega Xosiyat Qarayeva 42 yildan buyon maktab rahbari sifatida ishlab kelayotganining o‘ziyoq kishini ruhlantiradi. Bir so‘z bila aytganda, ta’limga tirgak bu ayol shu maktabda tub yozib palak otgan.

U kishining o‘zini ko‘rsangiz, oddiygina, jussasi kichikkina, kamsuqumgina. Siyratini ko‘rgan odam bu ayol rahbar bo‘lib ulkan yutuqlarga erishadiyam, deb o‘ylamasligi mumkin, ammo Xosiyat aya buni mehnati, fidoyiligi, o‘quvchilar bilan do‘stona munosabati, xalq ta’limi tizimida erishayotgan yutuqlari bilan isbotlab qo‘ydi.

Ayaning faoliyati davomida uchragan to’siqlarni qanday yengani haqida esa gazetaning 26 may 41-sonida o’qiysiz.

Adolat Mo’minova

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

TARBIYA VA SAVIYA

“Gapni gapir uqqanga” degan donishmandlar. Donishlar teran ildizga egaki, uning aslini ham ko‘pchilik bilmaydi. Aytilgan …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan