Gʻolib keyingi bosqichga chiqadi

Date:

Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida tuman hokimligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida “Eng faol kitobxon o‘quvchi” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda 50 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlar savol-javoblar orqali o‘z bilim saviyasi, mantiqiy fikrlashi va hozirjavobligini namoyon etdilar. Mazkur tanlov yoshlar orasida kitob mutolaasini ommalashtirish, mustaqil fikrlash va bilimga intilishni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 10 nafar ishtirokchi g‘olib deb topilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi hamda tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun