“Yashil belbog‘” chang-toʻzonning oldini oladi

Date:

Angor va Termiz tumanlari tutash hududida, M–39 xalqaro avtomagistrali bo‘yida joylashgan 220 gektar maydonda 16 million ko‘chat ekish orqali “yashil belbog‘” barpo etish loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha ekologik barqarorlikni ta’minlash, chang-to‘zonning salbiy ta’sirini kamaytirish hamda manzarali va mevali ko‘chatlar ekish orqali hududning yashil qiyofasini shakllantirishga qaratilgan.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Usta bog‘bonlar tomonidan hududning iqlim va tuproq sharoitiga mos tanlangan ko‘chat turlari hamda ularni ekish tartibi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, loyiha ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muhokama o‘tkazilib, ekologik muvozanatni ta’minlashga qaratilgan topshiriqlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun