Elektr taʼminoti to‘liq tiklandi

Date:

Ob-havoning keskin o‘zgarishi, kuchli shamol va qor bo‘ronlari oqibatida elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklama ortib, Termiz tumanidagi ayrim elektr uzatish stansiyalari hamda tarmoqlarida nosozlik va avariya holatlari yuzaga keldi. Shunga qaramay, energetika sohasi xodimlari yuzaga kelgan muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun xizmat olib bordilar.

Tezkor va muvofiqlashtirilgan ishlar natijasida Termiz tumanidagi 28 ta mahallada elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi. Bu esa soha mehnatkashlarining yuksak mas’uliyati, kasbiy mahorati va fidoyiligidan dalolat beradi. Qolgan mahallalarda ham elektr ta’minotini to‘liq tiklash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ziyorat turizmi rivojlantiriladi

"Airitom free zone"da “Ziyorat turizmining shakllanishi va rivojlanish istiqbollari”...

Tartibli va shaffof

Surxondaryo viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash, yashirin iqtisodiyotga barham berish...

Moliyaviy barqarorlik ta’minlansa…

Surxondaryo viloyati prokuraturasida viloyat prokurori o‘rinbosari H. Qulliyev rahbarligida...

Kerakli choralar koʻrilmoqda

Denov tumani hokimi Anvar Normamatov boshchiligida mas’ul tashkilotlar va...
KunTun
KunTun