Afv etilganlar eʼtiborda

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-242-sonli Farmoniga asosan avf etilib, jazodan ozod etilgan shaxs bilan Bandixon tuman hokimligida uchrashuv tashkil etildi. Unda tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik J. To‘rayev hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D. Musurmonov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Obod yurt mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.S.ning jamiyatga moslashuvi, foydali mehnat bilan shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishi hamda ijtimoiy hayotda munosib o‘rin egallashi masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlar xodimlariga afv etilgan shaxsni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqamlar aniq, ma’lumot to‘liq bo‘ladi

Hech bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aniq statistik ma’lumotlarsiz tasavvur...

“QVZda bo‘sh kelmadik”

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining QVZ “Onlayn” jamoasi uchun...

Istihola qilinmaydi, qat’iy talab qo‘yiladi

Har bir yilning o‘z hisobi va tahlili bor. Prezidentimiz...

Mahalla rivojlansa, jamiyat yuksaladi

Bugungi globallashuv va keskin raqobat muhitida O‘zbekiston iqtisodiy, texnologik...
KunTun
KunTun