Gʻallakorlar zafar muborak!

Date:

Surxondaryo viloyatidagi klasterlar, fermer xo‘jaliklari va pudratchilar jami 89,3 ming gektar maydonda g‘alla yetishtirib, davlat ehtiyojlari uchun 267 ming 287 tonna tovar donni muvaffaqiyatli yetkazib berishdi va shartnomaviy reja ko‘rsatkichlarini ortig’i bilan bajardilar.

Vohadagi g‘allakorlarning bu zafarlari munosabati bilan ularni qutlash va mashaqqatli mehnatlarini rag‘batlantirish maqsadida Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida bayram tadbirlari tashkil etildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanidagi tadbirda ishtirok etib, videokonferensaloqa orqali barcha tuman g‘allakorlarini ushbu zafar bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, vohadagi mehnatga munosib hissa qo‘shgan klaster va fermer xo‘jaliklari, mexanizatorlar, suvchilar va boshqa ishchi-xodimlar mehnati rag‘batlantirilib, ularga sovg‘alar topshirildi.

Barcha tumanlarda tashkil etilgan tadbirlar to‘kin dasturxon atrofida va bayramona konsert dasturlari bilan yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.

Oldingi sahifaAndijondan xushxabarlar
Keyingi sahifaUSTUN

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...

“Yashil bekatlar” — ko‘payadimi?

Jamoat transporti sifati faqat zamonaviy avtobuslar bilan emas, balki...
KunTun
KunTun