Hududlarda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash, ularga kasb-hunar, chet tillarini oʻrgatish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Boysun tumani Prokuraturasi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan qator chora-tadbirlar bajarilmoqda.
Boysun tuman Prokuraturasi tashabbusi bilan tuman 1-son kasb-hunar maktabida tuman Prokuroriga biriktirilgan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida boʻsh ish oʻrinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Mehnat yarmarkasi davomida tumanning yigirmaga yaqin tashkilotlar 200dan oshiq ish oʻrinlari bilan qatnashib, bir necha yoshlarning bandligi ta’minlandi.