Polvonlar boʻsh kelmadi

Date:

“Navro‘z” umumxalq bayrami sayllari doirasida Sherobod tumanidagi “Sport arena” majmuasida katta kurash musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqani Surxon vohasining kurash faxriylari hamda nuroniy polvonlari boshlab berishdi.

Bellashuvda erkaklar 3 ta vazn, ayollar 2 vazn toifasida gilamlarga chiqishdi. Avvaliga erkaklar o‘rtasida 66 hamda 81 kilogramm vazndagi polvonlar bahslari bo‘lib o‘tdi. Shiddatli kechgan kurashlardan soʻng, oʻz vazn toifalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Jumladan, qizlar o‘rtasida 63 kilogramm vazn toifasida Termiz shahrilik Tillo Xonimqulova, +63 kilogramm vazn toifasida ham termizlik Shohista Nazarova 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

Erkaklar o‘rtasida Sardor Xurramov (Denov tumani), Bobur Yangiboyev (Termiz tumani)lar oʻz toifalaridan barcha raqiblari kuragini yerga tekkizib, birinchi boʻlishdi. G‘oliblarga sovrinlarni viloyat hokimining o‘rinbosari va boshqa mutasaddilar tantanali topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun