Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyiladi

Date:

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini taʼminlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirish orqali oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi omillarni bartaraf etish va oila aʼzolariga mehnat qilishiga sharoit yaratish, shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalarning oila qaramogʻida qolishini taʼminlash va ijtimoiy yetimlikning oldini olish maqsadida yangi tizim ishga tushiriladi.
Prezident qaroriga koʻra, mazkur tizim 2025-yil 1-martdan boshlab, tajriba-sinov tariqasida, bosqichma-bosqich Surxondaryo viloyatida ham 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyiladi.
Bu turdagi bolalar kunduzgi parvarish xizmatiga ularning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari oʻrtasida tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan belgilangan tartibda berilgan xulosaga muvofiq qabul qilinadi. Shuningdek, hujjatga binoan, kunduzgi parvarish xizmatini yoʻlga qoʻygan xususiy tadbirkorlar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Xususan, 2025-yil 1-martdan boshlab Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ushbu turdagi xizmat faoliyatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga bolalar uchun davlat subsidiyalari ajratiladi.
Bunda:
— 3-7 yoshli bolalar uchun — har bir kunlik tashrifga bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi;
— 7-18 yoshli bolalar uchun — har bir kunlik tashrifga bazaviy hisoblash miqdorining 27 foizi miqdorida subsidiya beriladi.
Hujjatda belgilanishicha, 2025-yil 1-martgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” tizimi doirasida “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli va uning mobil ilovasi yaratiladi.
2025-yil 1-sentabrga qadar esa “Bolalar salomatligi” axborot tizimi joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ichki turizm yarmarkasi” tashkil qilindi

Ichki turizmni rivojlantirish, mavjud turizm obyektlariga aholining e’tiborini jalb...

Hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

Yurtimiz dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro savdo va iqtisodiy...

Urinish besamar ketmadi

Sportning turlari ko‘p. Har bir sport turi esa alohida...

TerDUda Navro‘z shukuhi

Yurtimiz bo‘ylab Navro‘z shodiyonalari qizg‘in tus olgan ayni kunlarda...
KunTun
KunTun