“Halollik” toʻgaraklari yoʻlga qoʻyiladi

Date:

Bolani yoshligidan halollikka o‘rgatish lozim. Ana shundagina korrupsion holatlarga qarshi kurashishga hojat qolmaydi. Ayni maqsadda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan GRACE dasturini Oʻzbekistonda joriy etish boʻyicha 2024-2027-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi va ijroga qaratildi. Ushbu “Yoʻl xarita”si doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda manfaatdor vazirlik-idoralar hamkorligida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida “Oʻquvchi-yoshlar halollik tarafdori” 10 kunligi va “Halollik” toʻgaraklari tizimli ravishda yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, “Profilaktika kunlari” va “Sinf soat”lari doirasida “Halollik qadriyatlari”, “Toʻgʻrilik, mehnatsevarlik xotirjam hayot asosi” mavzularida targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkil etiladi.
Ushbu tizim kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalarida hm davom etadi. Shuningdek, ixtisoslashgan taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi taʼlim va tadqiqot, yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish va ularning faolligini oshirish yoʻnalishlarida ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 nafar ish o‘rni yaratildi

Angor tumanida bugun quvonchli voqea — “Oqsaroy” tantanalar saroyining...

Yagona jildda jam

YUNESCOning Samarqanddagi 43-sessiyasi doirasida “Turkiy xalqlar folklori ko‘p jildligi”...

“103” xizmatida “Onlayn-shifokor”

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab tez tibbiy yordam tizimi yangi bosqichga...

Raqiblarin ortda qoldirib…

Surxondaryoning faxri, Termiz tumani vakili Mirzabek Elmurodov sportning shaxmat...
KunTun
KunTun