Gʻazalxonlar bellashishdi

Date:

G‘azalni ifodali o‘qish ham bir mahorat, iste’doddir. Har bir satrdagi tasviru tashbehni, dardu og‘riqni his etmoq lozim. Ana shundagina tinglovchining e’tiborini qozonish mumkin. Termiz shahridagi 26-sonli umumtaʼlim maktabida Surxondaryo viloyat prokurori tashabbusi bilan shahar prokuraturasi hamda shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda maktab oʻquvchilari oʻrtasida buyuk siymolarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan “Gʻazalxonlik kechasi”da ishtirok etgan yoshlar o‘zlarini nechog‘lik g‘azalxon ekanliklarini ifodalashdi.


Mushoira boshlanib, birin-ketin g‘azallar o‘qildi. Tomoshabinlar ham mushoirani tinglab, ketgan vaqtlariga achinmaganliklarini ularning kayfiyatidan bilish, sezish qiyin emas edi. Haqiqatan ham ushbu g‘azallarni tinglab turib, o‘quvchilarning bu qadar g‘azal yod olishganiga tan bermaslikning iloji yo‘q. Musobaqaning final bosqichida gʻalaba qozongan ishtirokchilarga maxsus diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun