Yoshlar gulxan atrofida jam boʻlishdi

Date:

Angor tumani markazida o‘rnatilgan bayram archasi odamlar bilan gavjum. Bir so‘z bilan aytganda, tuman ahli bu yerda bo‘lib, munosib xordiq chiqarishayotir. Yangi yil bayrami tadbirlariga hamohang tarzda archaga yaqin nuqtada gulxan yoqildi. Ushbu gulxan atrofida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman hokimi Qosim Mardonov va sektor rahbarlari ishtirok etdi.
Tuman rahbari yosh avlod vakillari bilan suhbatlashib, ularga bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari borasida o‘zining tavsiya va takliflarini berdi. Samimiy va dildan kechgan suhbatda yoshlar ham o‘zlarining dilidagi so‘zlarini to‘kib sochdilar. Muammolar, rejalar, loyiha va g‘oyalar o‘rtaga tashlandi. Muhokamalar qizigandan qizidi. Shundan soʻng, yoshlar oʻz iqtidorlarini namoyish etishdi. Kuy va qo‘shiqlar, she’rlar esa davrаga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Gulxan atrofida yoshlarni birlashtirgan bu oqshom barchada katta taassurot qoldirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ziyorat turizmi rivojlantiriladi

"Airitom free zone"da “Ziyorat turizmining shakllanishi va rivojlanish istiqbollari”...

Tartibli va shaffof

Surxondaryo viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash, yashirin iqtisodiyotga barham berish...

Moliyaviy barqarorlik ta’minlansa…

Surxondaryo viloyati prokuraturasida viloyat prokurori o‘rinbosari H. Qulliyev rahbarligida...

Kerakli choralar koʻrilmoqda

Denov tumani hokimi Anvar Normamatov boshchiligida mas’ul tashkilotlar va...
KunTun
KunTun