111 nafar afgʻonistonlikka diplom va sertifikatlar topshirildi

Date:

Yurtimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor sabab, nafaqat o‘zbek yoshlari, balki afg‘on yoshlari-da o‘qib o‘rganib, munosib ta’lim-tarbiya olayotir, kasb-hunar va ma’lum mutaxassislik, ixtisoslikka ega bo‘layotgani ularni-da jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilayotgani quvonarli hol. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazida 4 yillik “O‘zbek tili va adabiyoti” hamda “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yoʻnalishlarida tahsil olgan 111 nafar afgʻonistonlik bitiruvchi talaba o‘qishni tamomlab, sertifikat sahibiga aylandi.


Sertifikatlarni tantanali topshirish marosimida Afgʻonistonning Termiz shahridagi Bosh konsuli Muhammad Idris Zarshuy va boshqa masʼullar hamda afgʻonistonlik bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. Aytish kerakki, endilikda ushbu bitiruvchilarning bir guruhi o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishni magistratura bosqichida davom ettirsa, qolgan talabalar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha Afg‘oniston taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘sha oladigan yetuk kadrlar bo‘lib xizmat qilishdek sharafli vazifani amalga oshiradilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TARBIYADA ALLOMALAR MEROSI MUHIM

Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarni ma’naviy va axloqiy tarbiyalash jamiyatning...

Korrupsiya — taraqqiyotga tahdid soluvchi illat

Ma’lumki, joriy yil boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev...

Sud tizimini raqamlashtirish: “Raqamli sud” konsepsiyasi

2025-yilda “Raqamli sud” konsepsiyasi joriy etildi. Ushbu konsepsiya sud...

Madaniy meros — millat yuragining ovozi

Madaniy merosni asrash — bu jamiyatning madaniy, tarixiy va...
KunTun
KunTun