Yana bir stipendiya taʼsis etiladi

Date:

Ekologiyani asrash, atrof-muhitni sof holda saqlash har birimizning vazifamiz bo’lishi shart va zarur. Ammo, har doim ham bunga e’tibor qaratavermaymiz. Xolbuki, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etildiki, bu bilan yoshlarni rag‘batlantirish orqali ularning atrof-muhitga, tabiatga nisbatan munosabatini o’zgartirish, mehr-muhabbatini oshirishga qaratilgan deyish mumkin.

Bu bo’yicha “Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–174-son, 31.05.2023 y.) qabul qilindi. Ushbu universitet davlat OTM hisoblanib, faoliyati “Hub and Spoke” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur stipendiya esa 2023-yil 1-sentyabrdan oliy taʼlim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalariga beriladi.

Bunda, to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida (990 ming so‘m), davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida (1 mln 980 ming so‘m) stipendiyalar tayinlanadi.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun