7 ta oilaning uy-joyi taʼmirlandi

Date:

Uyingizga sovchi kelsa bormi, eng avvalo, hovli-joyingizga, so‘ng esa uy tutumingizga, nechog‘lik sarishta ekaningizga e’tibor qaratadi. Sherobod tumanidagi “Mehnatobod” mahallasida joylashgan ikki qavatli turar joy binosi esa ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. Bu muammo bir yoki bir nechta xonadon egalarining tikadigan mablag‘i bilan hal etiladigan masala emas. Ammo, u yerda yashovchi 7 ta xonadonda ham mehmon keladi, sovchilar eshik qoqib, “eshigingizni supurib keldik” deya, urf-odatlarimizni joyiga qo‘yishlari bor. Bunday holat esa mezbonning hijolat tortibgina, qimtinibgina mehmon kutishiga sabab bo‘layotgan edi.


Oramizda shunday insonlar borki, imkoni bo‘lsa, yordam qo‘lini cho‘zib, o‘zgalar hojatini chiqaradi, ko‘ngil uylarini obod qiladi. Sherobod tumani prokurori, 2-sektor rahbari B.Yunusov ham ana shunday hojatbaror insonlardan bo‘lib chiqdiki, ayni shu insonning tashabbusi bilan sektor hududidagi “Mehnatobod” mahallasida joylashgan taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan ushbu ikki qavatli turar joy binosida ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Aslo bir o‘zi emas, homiylarning yordami va qo‘llovi bilan avvaliga binoning tom qismi shiferlandi. Keyin tashqi fasad va boshqa tomondan taʼmirlanib, xonadon egalariga foydalanishga topshirildi.
Ushbu ikki qavatli turar joy binosida istiqomat qiluvchi yosh-u keksaning bunday g‘amxo‘rlikdan quvonchi cheksiz. Endi ular ham ko‘krak kerib mehmon kutishadi. Fayzli va obod xonadonlarda yashashadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Murojaatdan daromadga 5 qadam”

Hech kim muammosi bo‘lmasa, xalq qabuliga borib, ming bir...

Qariyalar uchun robot yaratildi

Yoshing keksayib qolganda, kimgadir muxtoj bo‘lishdan yomoni yo‘q. Tinib-tinchimas...

O‘g‘il onasini o‘ldirsa…

Ona deganda dunyodagi eng ulug‘ zor, eng yaqin va...

Viloyat hokimi Denovda

Tanimizni dard qiynasa, jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj sezsak, shifo istab,...
KunTun
KunTun