To‘ra Bobolov: Talabga javob bera olmaydigan hokim va o‘rinbosarlari hamda boshqa mas’ul rahbarlar bilan xayrlashishga majbur bo‘lamiz

Date:

This Content Is Only For Subscribers

Please subscribe to unlock this content. Enter your email to get access.
Your email address is 100% safe from spam!

Surxondaryoda faoliyati past baholangan va talabga javob bermaydigan rahbarlar bilan 2022 yilda xayrlashiladi va ularning o‘rnini shijoatli yoshlar egallaydi. Bu haqda viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat aholisiga murojaat qilgan To‘ra Bobolov aytib o‘tdi.

2021 yilning 9 oylik yakunlarida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha hokim va uning o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligi tahlil qilinganida Surxondaryo viloyatidagi bir qator hokimlar va ularning o‘rinbosarlari past natija ko‘rsatgan.

Jumladan, Qumqo‘rg‘on, Boysun, Muzrabot, Jarqo‘rg‘on tumanlari hokimlari 75 foizdan past ball to‘plagan. Angor, Bandixon, Uzun, Oltinsoy, Boysun, Muzrabot va Denov tumani hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Sherobod va Jarqo‘rg‘on tumanlarida hokimning qurilish bo‘yicha o‘rinbosari faoliyati past baholangan.

Bundan tashqari, Jarqo‘rg‘on tumani hokimining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosari, Sho‘rchi, Uzun, Boysun, Sariosiyo, Bandixon va Qiziriq tumanlarida hokimning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari faoliyati ham talabga javob bermagan.

Shuningdek, reytingda tuman hokimlari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosarlarining ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda Muzrabot tumani hokimining o‘rinbosari 14-o‘rinni, Jarqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari eng oxirgi o‘rinni egallagan.

«Yangi yildan endi biz bugungi talabga javob bera olmaydigan hokim va o‘rinbosarlari hamda boshqa mas’ul rahbarlar bilan xayrlashishga majbur bo‘lamiz. Agar ishonib topshirilgan vazifasini siz uddalay olmayotgan bo‘lsangiz, o‘rningizni bilimli, shijoatli, ko‘zi yonib turgan yoshlar egallaydi», – dedi To‘ra Bobolov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga “Volkswagen” mashinasi topshirildi

Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga zamonaviy,...

Bog‘cha qishlog‘idagi 44-sonli umumta’lim maktabi ta’mirlanib, yangidan 80 o‘rinli bino qurildi

"Sangardak" mahallasining Bog‘cha qishlog‘igi 44-sonli umumta’lim maktabi mukammal ta’mirlanib,...

Sektor rahbari muhtoj oilaga bayramona tuhfa ulashdi

Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov Termiz tumani 3-sektor...

2022-yil «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb e’lon qilindi

▫️1991 yil — “Alisher Navoiy yili”▫️1992 yil — “Hamshiralar...
KunTun
KunTun