Бош саҳифа / Жамият / Yosh tadbirkor granuladan to’qima mebel ishlab chiqarmoqda

Yosh tadbirkor granuladan to’qima mebel ishlab chiqarmoqda

Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosida yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko’rgazmasidamiz. Bu yerda kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlariyu maishiy texnika buyumlari, hunarmandchilik namunalari, xullas izlaganingizning bari tizib qo’yilgan. Tomoshasidan xaridigacha bir olam zavq tuyasiz.

 Markaz fayesining o’rtasida esa antiqa mebellar jamlanmasi, stol-stullar, orom kursilari, arg’amchiqli o’rindiqlar — ularning bari ajoyib san’at asari deyishingiz tayin. Chunki ular boshdan oyoq to’qib tayyorlangandek. Mebellarning rangi, dizayni, o’ziga xosligi va qulayligini ko’rib, shunchaki tashrif buyuruvchilarning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun ayni shunday bezatilgan degan xayolga borasiz. Ammo, unday emas ekan. Bu mebellar ham yosh tadbirkorning tadbirkorligi mahsuli ekan. Mebellarga ko’zingiz tushishi hamonoq uning qo’l mehnati ekanini payqaysiz. Qo’l mehnati esa hamisha qimmatli va qiymatli. Qiziqqanimizdan yosh tadbirkor Jonibek Abrayevni suhbatga tortib, faoliyati bilan yaqindan tanishdik…

Biz ro’zg’orda foydalanib bo’lgan mahsulotlarimizdan chiqqan chiqindilarni chiqindi qutiga uloqtiramiz. Asosiysi, yon-atrofimiz toza va pokiza ko’rinsa bo’lgani. Ammo, biz tashlab yuborayotgan chiqindilarning keyingi taqdiri bilan qiziqmaymiz ham. Ko’zlarimizni quvnatgan ko’rgazmadagi to’qima mebellari ana shunday bakalajka, shunga o’xshash sintetik tola olinishi mumkin bo’lgan chiqindilarning granulalaridan yasalganiga nima deysiz.

Oltinsoylik Jonibek Abrayev kasb-hunar kollejida o’qisa-da, ro’zg’or tebratish, oila og’irini yengil qilish uchun mehnat qilish maqsadida ta’tilga chiqishi bilan do’st-u birodarlari bilan Toshkentga yo’l olib, o’sha yerda ishlamoqchi bo’ldi. Shunday qildi ham. Poytaxtdagi mebel ishlab chiqaradigan sexlardan biriga ishga joylashdi. U yerda Jahongir ismli yigitga shogirdlikka tushdi. Faqat sexda mebel ishlab chiqarishda maxsus mahsulotlardan foydalanilar ekan. Mebel yuzasi rezina toladan olingan simli lentalardan to’qilar ekan. Jonibek rosa bir oy deganda to’qishni o’rganib oldi. O’rgangan kunlariga ham haq to’lashganiga xursand bo’lib ketdi. Har qalay quruq qo’yishmagani ishiga ishtiyoqini oshirdi. Yanada javlon urib ishlab yurgan chog’larida ta’til ham tugab, Oltinsoyga qaytadigan bo’ldi. Ammo keyingi yil ham kelib ishladi. Nima qilsin, otasiz o’sgan yigit onasiga tirgak bo’lishi kerak. Onaning qo’liga qarab turish er yigitga yarashmaydi. Qo’lingda hunaring bo’lsa, xor bo’lmas ekansan. Yaxshigina ishni boshini tutganimdan xursand bo’ldim. Ammo, o’qishni davom ettirish kerak. Birinchi yil talaba bo’lolmaganimdan keyin, bir yil ham ishlab, ham tayyorlandim. Omadni qarangki, Termiz davlat universitetining matematika fakultetiga o’qishga kirdim. Ammo, shartnoma asosida o’qishga qabul qilinganim biroz xafa qildi. onajonim o’qishimni qattiq istadilar. Harakat qilsang, rizqing ham o’zing bilan, o’qi o’g’lim, uyog’i bir gap bo’lar deganlaridan keyin o’qiy boshladim. Onamga og’irligim tushishini istamasdan, nima qilsam ekan deb yurgan paytimda, qo’limda hunarim bo’lsa, nega o’z biznesimni ochmasligim kerak deb o’ylab qoldim. Mebel sexida o’rganganlarimni mustaqil ravishda amaliyotga tadbiq etish fursati kelgan edi. Matematik emasmanmi, darrov boshlamoqchi bo’lgan ishimning foyda va zararini hisob-kitob qildim. Ayniqsa, to’qima mebellar ishlab chiqarish viloyatimizda hali yo’lga qo’yilmagani o’zimga nisbatan ishonchimni oshirdi. Yaxshiyamki, yurtimizda yoshlarni qo’llab-quvvatlashadi, o’z yo’lini topishda davlatimiz otalarcha g’amxo’rlik ko’rsatadi.

— Qo’lingda hunaring bo’lsa, xor bo’lmas ekansan. Yaxshigina ishni boshini tutganimdan xursand bo’ldim. Ammo, o’qishni davom ettirish kerak. Birinchi yil talaba bo’lolmaganimdan keyin, bir yil ham ishlab, ham tayyorlandim. Omadni qarangki, Termiz davlat universitetining matematika fakultetiga o’qishga kirdim. Ammo, shartnoma asosida o’qishga qabul qilinganim biroz xafa qildi. onajonim o’qishimni qattiq istadilar. Harakat qilsang, rizqing ham o’zing bilan, o’qi o’g’lim, uyog’i bir gap bo’lar deganlaridan keyin o’qiy boshladim. Onamga og’irligim tushishini istamasdan, nima qilsam ekan deb yurgan paytimda, qo’limda hunarim bo’lsa, nega o’z biznesimni ochmasligim kerak deb o’ylab qoldim. Mebel sexida o’rganganlarimni mustaqil ravishda amaliyotga tadbiq etish fursati kelgan edi. Matematik emasmanmi, darrov boshlamoqchi bo’lgan ishimning foyda va zararini hisob-kitob qildim. Ayniqsa, to’qima mebellar ishlab chiqarish viloyatimizda hali yo’lga qo’yilmagani o’zimga nisbatan ishonchimni oshirdi. Yaxshiyamki, yurtimizda yoshlarni qo’llab-quvvatlashadi, o’z yo’lini topishda davlatimiz otalarcha g’amxo’rlik ko’rsatadi.

Shunday qilib Jonibek Abrayev bankdan kredit olib, mebel yasashda kerak bo’ladigan xomashyo, temir trubalari, kesadigan, payvandlaydigan, yopishtiradigan uskunalarni xarid qildi. Yoniga bir nechta yigitlarni oldi-da, hunarini o’rgatish bilan birgalikda yonida ishlaydigan yordamchilarni tayyorlab, ishni boshlab oldi. Xomashyo deganlari sintetik tolali granulalar bo’lib, ularga maxsus stanok yordamida ishlov berilib, turli ranglardagi sim, lenta ko’rinishidagi tasma holatiga keltirilar ekan. Tadbirkorning ishini ko’rsatib beradigan narsa ham ayni shu tasmalardir.

— Bu ish aytishga oson, ammo anchayin qunt va mehnat talab etadi. Bir urinishda o’xshamasa, o’rimlaringiz chiqmasa, tushkunlikka tushsangiz, demak sizdan mebelchi usta chiqmasligi aniq. Jonibek boshliq shogirdlari ishni maromiga yetkazgunlaricha qiynalishdi, ko’ngildagidek dizaynni chiqara olishmasa, erinmasdan boshqatdan boshlashdi. Vaqt deganlari, kredit to’lovlari esa kutib turmasdi. Shunga qaramay ular uddalashdi. Surxondaryoda ham to’qima mebellar ishlab chiqarila boshlandi.

Qiyin bo’lsa-da foydaga chiqdik. Jamg’arganimizni biznesimizning o’ziga urayapman. Ishimni kengaytirsam, ish o’rniga ehtiyoj seziladi. O’zim shogird tayyorlab, mebelsozlikning bu turini yanada ommalashtirmoqchiman. Jahon bozoriga Jonibek brendini olib chiqish orzuim.

Ayni paytda yosh tadbirkor ishlab chiqarayotgan mebellar jamlanmalari viloyatimizning turli hududlaridagi mebel do’konlariga tarqatilayapti. Tadbirkorning aytishiga qaraganda talab yaxshi. Demak, bu ishning kelajagi bor. To’qima mebellar yog’ochlilaridan narxda farqlanmas, ammo sifatliligi bilan bemalol raqobatda ortda qoldiradi. Kafolat ham shunchaki gap emas. Jonibek ishlab chiqarayotgan mebellarning biror yeriga 3 yil ichida shikast yetsa bormi, ular mebellarini ta’mirlab, yangilab berishni ham zimmalariga olgan.

Sayyora ALLAYEVA

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Vaksina vahimasi

Bir necha yillardan buyon butun dunyoni tashvishga solgan, jamiyat hayotining barcha jabhalariga birday jabr ko‘rsatgan, …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan