Бош саҳифа / Жамият / Yo‘llarni obod, ko‘ngillarni shod aylab

Yo‘llarni obod, ko‘ngillarni shod aylab

Sangardaklik Muslihiddin Rahmatullayev Sariosiyo tumanining olis tog’li hududida tug’ilib voyaga yetgan. U yoshligidan qishloq ahlining qishli-qirovli, yog’ingarchilik kunlarda o’nqir-cho‘nqir, loy-balchiq  ko‘chalardan bozor-o‘charga, o‘qishga, ishga o‘tib qaytar chog‘ida qiynalishini o‘sha kezlardayoq ko‘rib katta bo‘lgan. U kishi faqat o‘zini emas, mahalla odamlarining kattayu kichigini birdek o‘ylardi.

Ayniqsa, qishloq bolalarining o‘qishga kechikib borishlarini, sovuqda dirdiragancha soatlab yo‘l bosishlarini ko‘rib, qiynalardi. O‘zi ham “Sangardak”da oddiy o‘qituvchilik qilib, yosh avlodga ta`lim-tarbiya berardi. Yo‘llarning nosozligi unga ham boshqalar qatori qiyinchilik tug‘dirardi. Vaqti kelib yo‘llarni obod etishni, sangardakliklarga ham qulaylik yaratishni yuragiga tukkandi. Bir so‘z bilan aytganda, qachondir bu ko‘chalarning ham asfalt bo‘lishiniyu, ravon yo‘llar orqali taraqqiyot qo‘ng‘irog‘i ushbu maskanda ham jaranglashini orzu qilardi.

2020 yilda Muslihiddin Rahmatullayev «Sariosiyo tuman yo‘llardan foydalanish» unitar korxonasi rahbari etib tayinlandi. Muslihiddin akaning samarali faoliyati tufayli tumandagi qator yo‘llar obod etilib, zamonaviy qiyofa kasb eta boshladi. Qahramonimiz aholining yo‘l bilan bog‘liq muammolariga barham berish barobarida, o‘z tadbirkorligini ham yo‘lga qo’ygan. U yerda bugun 27 nafar fuqaro ish bilan band. U rahbarlik qilayotgan “Ozod Quvonch” xususiy korxonasi tarkibidagi maishiy savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bugun el xizmatiga kamarbasta.

— O‘zim qishloqda, chang ko‘chalarni ko‘rib katta bo‘lganman, ammo bugun taraqqiy topayotgan yurtning har go‘shasi obod bo‘lishi, yo‘llar ravon bo‘lib odamlarning uzog‘i yaqin, og‘iri yengil bo‘lishini har bir inson o‘ylab yashashi kerak, – deydi “Sariosiyo tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi rahbari Muslihiddin Rahmatullayev. – Tumandagi yo‘llarni sozlash, ta`mirlashda bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solayapmiz. Aholi xursand bo‘lib, qilayotgan ishlarimizdan rozi bo‘lsa shuning o‘zi men uchun kifoya. Tog‘dagi “Karsh” mahallasiga tog‘ni o‘yib yo‘l qurganimizda u yerda istiqomat qilayotgan odamlarning quvonganini ko‘rib qilayotgan ishimdan g‘ururlanish hissini tuydim. Odamlarning quvonchiyu dilidagi shukronaligini ko’rishdan ortiq baxt bo’lmasa kerak, nazarimda.

“Sariosiyo tuman yo’llardan foydalanish” unitar korxonasi rahbari Muslihiddin Rahmatullayev boshchiligida  xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo’llarida 4300 m2 yamoq, 4800 m2 kartasimon ta’mirlash, 5,2 km yo’l yoqasini mustahkamlash, 350 dona ogohlantiruvchi ustunlar o’rnatish va 20 ta joyda piyodalar o’tish chizig’ini belgilash (razmetka) chizish ishlari bajarilgan bo’lib, ta’mirlash ishlari jadallik bilan olib borilayapti.

Ushbu korxona tomonidan homiylik asosida tumandagi “Anorzor” mahallasida 1,5 kilometr, Marjona mahallasida esa 2,5 kilometr toshlash ishlari bajarilgan. “Karsh” mahallasida tog’ni kesish orqali 4,5 kilometr yo’l qurildi. “Sangardak”da esa 1200 metr yog’ingarchilik paytida umuman harakatlanish mushkul bolgan yo’l ta`mirlandi.

Adolat MO‘MINOVA

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Ёмон гумон омад йўлимизни боғлайди

Толҳа ибн Абдурроҳман ибн Авф ўз замонасида Қурайшнинг энг саховатли кишиси эди. Бир куни унга …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan