Бош саҳифа / Жамият / Viloyatimizda Prezident maslahatchisining birinchi o’rinbosari B.Islamovning ommaviy sayyor qabullari boshlandi

Viloyatimizda Prezident maslahatchisining birinchi o’rinbosari B.Islamovning ommaviy sayyor qabullari boshlandi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o’rinbosari Baxtiyor Islamov rahbarligidagi ishchi guruh joriy yilning 10-13 mart kunlari viloyatimiz bo’ylab sayyor qabullar o’tkazishi rejalashtirilgan bo’lib, ushbu ishchi guruh tomonidan dastlab, Termiz shahrida joylashgan Yoshlar markazida sud-huquq masalalari bo’yicha Termiz shahri, Termiz, Angor va Muzrabot tumanlari aholisi uchun ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.

Unda Prezident maslahatchisining birinchi o’rinbosari Baxtiyor Islamov, Oliy sud raisi o’rinbosari Ikrom Muslimov, Bosh prokuror o’rinbosari Svetlana Ortiqova, Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo’min Yodgorovlar ishtirok etishayapti. Shuningdek, sayyor qabulda viloyat hokimi To’ra Bobolov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ham fuqarolar murojaatlarini tinglashdi. Fuqarolarning murojaatlari ijobiy yechim topishiga ko’maklashishdi.

Har tomondan odamlar umid va ilinj ila ushbu qabulga kelishgan. Ularning qalbida o’zini qiynayotgan masala yechimida mutasaddilar qo’llab-quvvatlaydi, degan shukuh ustuvor.

  • Bugungi kunda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan

islohotlar fuqarolarning og’irini yengil qilishda qo’l kelmoqda, — deydi sayyor qabulda muammosi hal bo’lganidan minnatdorchilik bildirish uchun kelgan angorlik Qurbonguli Jo’ranazarov. — Men Angor tuman IIO Probatsiya guruhida nazorat ostida turardim. Bugun yelkamdagi ushbu nazorat ostidan shartli ravishda ozod etildim. Sayyor sud qabulida jinoyat ishlari bo’yicha Angor tuman sudi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan besh nafar shaxs orasida men ham bor edim. Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlardan minnatdorchiligim, quvonchim cheksiz. Bugungi sayyor qabullarda ham ko’plarning muammosi hal etilgani bilan yanada ahamiyatli bo’lmoqda.

  • 2011-yil JKning 18 ta bir qator moddalari bilan jazoga tortilgan

edim, — deydi Termiz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Dilmurod Pardayev.  — Joriy yilning fevralida oqlanib, ishimga qayta tiklandim. Ayni paytda advokatlik faoliyatimni qayta boshladim. Bugungi sayyor qabulning tashkil etilishidan rosti quvondim. Muammoim hal bo’lganidan minnatdorchilik bildirish maqsadida shosha-pisha qabulni eshitgan zahotim yetib keldim.  O’ylaymanki, sud-huquq tizimida o’zini qiynayotgan masala bilan kelgan fuqarolar ham murojaatiga yechim topadi, albatta. Chunki sud tizimida adolat hukmronligiga yana bir bor guvoh bo’lib turibman. O’zim ushbu masalada qiynalib, sud jarayonlarida ishtirok etib, keltirilgan dalillar va guvohlarning ko’rsatmalari asosida ro’y-rost haqiqat yuzaga chiqqan paytda sud zalida rosti qattiq ta`sirlandim. Vatanimizda amalga oshirilayotgan fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar va islohotlardan minnatdorman.

Bu kabi ommaviy qabullar viloyatimiz bo’ylab davom etadi.

Adolat MO’MINOVA

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Янги ўқув йилидан хорижий тиллар ўқитувчиларига 50 фоиз устама тўланади

021 йил 19 майда давлат раҳбарининг “Ўзбекистон Республикасида хорижий тилларни ўрганишни оммалаштириш фаолиятини сифат жиҳатидан …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan