Бош саҳифа / Жамият / Vaksinatsiya qizg‘in davom etmoqda

Vaksinatsiya qizg‘in davom etmoqda

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2021-yil 15-fevraldagi 40-T sonli buyrug‘iga asosan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda viloyat sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, shuningdek, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari qoshida malakali mutaxassislardan iborat shtab tashkil qilindi.

COVID-19 ga qarshi emla-nishi lozim bo‘lgan 65 dan yuqori yoshdagi aholi hamda tibbiyot xodimlari ro‘yxati shakllantirilib, respublika shtabiga taqdim etildi. Birinchi galda 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan surunkali kasalligi borlar, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim muassasalari xo-dimlarining elektron ro‘yxatlari shakllantirildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan shahar hamda tumanlar tibbiyot birlash-malaridagi uchastkalarga mavjud ro‘yxatni kompyuter dasturiga kiritish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Bu borada shahar va tuman davolash punktlaridagi uchastkalar kesimida javobgar shaxslar ro‘yxati olinib, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga taq-dim etildi va ularga kompyuter dasturiga kirish ruxsatnomalari berildi.

Viloyatdagi shahar va tuman tibbiyot birlashmalarining buyruqlari asosida tashkil qilingan jami 271 ta shifo o‘rni hamda emlash brigadalariga 84 nafar reanimatolog vrachning familiyasi, ismi, telefon raqami bo‘yicha ma’-lumotlar to‘pla-nib, respublika shtabiga taqdim etildi.

Respublika sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 15-fevraldagi 31-sonli buyrug‘iga asosan viloyatimizda birinchi bosqichda jami 271 501 nafar aholini emlash rejalashtirilgan. Jumladan, birinchi navbatda 65-74 yosh-dagi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan 63 369 nafar, shuningdek, 75-84 yoshdagi 18 151 nafar hamda 85 yoshdan katta yoshdagi 6 463 hafar, bundan tashqari 20 yoshdan 65 yoshdagi surunkali kasalliklari bor 62 838 nafar fuqaro emlanadi. Ikkinchi navbatda esa 32 670 nafar tibbiyot xodimi, uchinchi navbatda maktabgacha ta’lim va umumta’lim maktablarida mehnat qilayotgan 73 794 nafar xodim, to‘rtinchi navbatda Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining 14 216 nafarini prof-laktik emlash bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Voha aholisini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash uchun 332 ta emlash hamda 77 ta harakatdagi mobil brigadalar tashkil etildi. Bu briga-dalarga 1 501 nafar tibbiyot xodimi hamda 131 ta avtotransport vositasi biriktirildi. Tashkil qilingan emlash brigadalasiga 404 nafar vrach, 84 nafar reanimatolog, 730 nafar vaksinator va dublyorlar, jami 1 218 nafar tibbiyot xodimi “Emlash xavfsizligi” bo‘yicha to‘liq qayta tayyorgarlikdan o‘tkazildi. Ular emlash o‘tkazishi uchun sertifikatlar bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, mart oyining o‘rtalarida Termiz shahridagi “Asson” mehmonxonasida 50 nafar tibbiyot xodimi (epidemiolog, nevropatolog va terapevt) jamlanib, seminar tashkil qilindi va ularga emlashga tay-yorlash bo‘yicha shahar va tuman trenerlari, degan sertifikat berildi.


— Viloyat aholisini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash uchun keltirilgan vaksinalar, jumladan Hindistonda ishlab chiqarilgan 40 ming doza AstraZeneca (COVI-SHELD), 42 400 doza O‘zbekiston — Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC-2001 vaksinalari va 82 400 dona bir martalik shprits, 825 dona xavfsizlik qutisi va 7 500 flakon 70 foizli spirt viloyat sanitariya epidemiologik oso-yishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi qoshidagi sovutgichli hamda hamma sharoitga ega bo‘lgan bakpreparatlarni saqlaydigan maxsus omborxonada saqlanayapti, — deydi viloyat sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik boshqarmasi bo‘lim mudiri Xudoynazar Xo‘janazarov. — Vaksinalarni qabul qilish, tashish, saqlash va yetka-zib berishda “Sovuqlik zanjiri” qoidalariga to‘liq amal qilin-moqda. Shuningdek, vohaning shahar va tumanlarida ham vaksinalarni saqlaydigan omborxonalar mavjud. Denov tumanida UNICEF tomonidan ajratilgan mablag‘ hisobiga vaksinalar saqlanadigan yangi omborxona qurilishi yakullan-moqda.

Bir so‘z bilan aytganda, vaksinalarni saqlash uchun viloyat bo‘yicha jami 81 ta sovutgich va 61 ta muzlatgich moslamalari, 1 015 dona termokonteyner va termosumkalar tayyor holatga keltirilgan. Vaksinalarni emlash punkt-lariga “sovuqlik zanjiri”ga rioya qilgan holda tashilishini ta’minlash maqsadida UNICEF tashkilotining “Sog‘liqni saqlashni mustahkamlash” loyihasi bo‘yicha Surxondaryoga katta hajmli bitta avtorefrijirator va 14 ta MINIVEN avtotransporti ajratildi.

Aytish kerakki, shu kecha kunduzda Termiz shahridagi 7 ta emlash punktida 65 yoshdan oshgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari ixtiyoriylik asosida bepul emlanmoqda. Har kuni punktlarda o‘rtacha 70-80 nafar fuqaro koronavirusga qarshi emlanayapti. Emlangan shaxslar uch kun davomida patronaj hamshiralari tomonidan tibbiy nazorat qilib borilayapti. Biz vaksi-natsiya qilingan fuqarolarning ayrimlari bilan suhbatlashdik.

— Termiz shahridagi “Te-miryo‘lchi” mahallasida yashayman, uzoq yil haydovchi bo‘lib ishlab pensiyaga chiq-qanman, ayni paytda 65 yosh-daman, — deydi Eshmo‘min Jo‘raboyev. — O‘tgan yili boshlangan pandemiya ofati tufayli tengdoshlarimning bir nechtasi hayotdan ko‘z yumdi. Shuning uchun patronaj hamshiramiz koronavirusga qarshi emlash uchun ro‘yxatga olish maqsadida xonadonimizga kelganida juda quvondim. Chunki, insonga birinchi navbatda, sog‘lik kerak. Tibbiyot xodimlari Termiz shahridagi 2-oilaviy poliklinikada emlash ishlarini amalga oshirishdi. Ah-volim yaxshi, hech qanday salbiy holat kuzatilmayapti. Ko‘chamizga biriktirilgan pat-ronaj hamshirasi kuniga ikki-uch mahal kelib holimdan xabarlashib turibdi.

Qisqasi, viloyat aholisini koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash jarayoni qizg‘in davom etmoqda.


Usmonali Normatov

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Тандир гўшт сайлию от минишда ким маҳоратли?

15-17 июнь кунлари Термиз шаҳридаги Санъат саройида Ёшлар фестивали бўлиб ўтади. Унда бешта муҳим ташаббус …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan