Бош саҳифа / Жамият / Tizim yaxshilanadi

Tizim yaxshilanadi

Onkologiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar hamda kasalliklarni erta aniqlash maqsadida tuziladigan mobil brigadalar, xavf guruhiga kiruvchi aholi uchun profilaktik ko‘riklardan o‘tkazish kunning muhim masalalaridan.

Shu bois ham viloyat hokimi To‘ra Bobolov Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Termiz filialida boʻlib, shifoxonadagi sharoitlar bilan tanishdi, bu yerda davolanayotganlar bilan suhbatlashdi.

100 ta oʻringa ega ushbu markaz aholiga gematologik va transfuziologik yordam koʻrsatish, shu kabi xastaliklarning oldini olish va davolashga ixtisoslashgan. Bu yerda bemorlarga statsionar, ambulator tartibda xizmat koʻrsatiladi. Muassasa zamonaviy nur terapiyasi uskunalari bilan jihozlangan. Endilikda mobil mammograflar va pozitron-emission tomograflar ham o‘rnatilishi belgilab olingan. Saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etilib, maxsus onkomarkerlar tekshiruvlari yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, joriy yilda mazkur shifoxona uchun yangi 150 oʻrinli bino barpo etish, bu yerda bolalar onkologiyasi, bolalar va kattalar uchun onkogematologiya boʻlimlarini tashkil etish ham koʻzda tutilgan.
Mutaxassis shifokorlar oldida turgan masala esa davolash sifatini oshirish. Shu maqsadda o‘tkazilgan videoselektorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti joylardagi onkologiya va gematologiya shifoxonalarini ta’mirlab, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, malakali mutaxassislarni jalb qilish hamda kasallik oqibatida oyoq-qo‘li amputatsiya bo‘lgan bemorlarni protez mahsulotlari bilan ta’minlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan edi.

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Ёмон гумон омад йўлимизни боғлайди

Толҳа ибн Абдурроҳман ибн Авф ўз замонасида Қурайшнинг энг саховатли кишиси эди. Бир куни унга …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan