Бош саҳифа / Жамият / TARBIYA VA SAVIYA

TARBIYA VA SAVIYA

“Gapni gapir uqqanga” degan donishmandlar. Donishlar teran ildizga egaki, uning aslini ham ko‘pchilik bilmaydi. Aytilgan gapning etnogra‑ yasi ham esdan chiqib ulgurgan. Lekin, donishmandlar degani chin. Tarbiya fani joriy etilgani beri “Tarbiyani fan sifatida o‘qitish mumkinmi?” degan so‘roq iskanjasidaman. Tarbiya fani ijodkorlarining ijodiy faoliyati esa erish tuyula boshlagan. Bolaning xulosasiga tayanilgan mashg‘ulotlar, ehtimol, bola menini shakllantirar. Biroq…

Tarbiya saviya bilangina to‘laqonli shakllanishini sezdim, his qildim. Aytmoqchimanki, tarbiya beruvchining avvali saviyasi baland bo‘lsin. Bir maktab direktori o‘zi ishga qabul qilayotgan har bir xodimga shu mazmunda xat qoldirgan ekan: “Men konslagerda bo‘lganman. Hech bir kishi ko‘rishi kerak bo‘lmagan voqealarga shohid bo‘ldim. Muhandis olimlarning qanday qilib gaz kameralari qurgani-yu shifokorlarning bolalarni zaharlagani, o‘qitilgan hamshiralarning go‘daklarni  o‘ldirgani-yu oliy ma’lumotga ega bo‘lgan odamlarning ayollar va bolalarni o‘qqa tutganiga-da guvoh bo‘ldim. Shu boiski, men ta’limga ishonmayman”.

Direktor so‘zi davomida ustozlardan o‘quvchilarning insoniy fazilatlar bilan voyaga yetishida ko‘mak berishlarini so‘raydi. Seskanib ketaman. Tarbiya fanini fan sifatida o‘tishga bel bog‘laganlar mamlakatdagi eng kam oylik oluvchi oliy ma’lumotli o‘qituvchi ekanidan, u kreditlar iskanjasida dars talashib yurganidan… kitob o‘qib, ‑ kri boyishi o‘rniga attestatsiyalar vahimasida test yodlab yurganidan xabardor onda titrab ketaman. Saviya moddiyatdan ustun kelmagan lahzada o‘qituvchiga achinaman, o‘quvchiga rahmim keladi. Bu birgina fanning achchiq qismati emas. Bu har bir pedagogman degan, maktabdan ro‘zg‘origa non tashiyotgan ustozning taqdiri, afsus.

Tarbiyani fan bilan emas, shaxsiy o‘rnagi bilangina bera olish mumkinligini psixologlar tadqiqotlari asosida o‘rganishgan, isbotlashgan. Shunday ekan, tarbiya saviyasiz bir tiyinga qimmat. Saviyasiz tarbiya nolga teng tushuncha xolos. Gapning avvaliga yana qaytaman — jamiyatda saviya juda past… Ayniqsa, teleekranlarda. Ayniqsa, har kuni efirda valaqlayotgan kasbi hasbi holdan iboratlar sabab ham shunday… Kimligi gapidan, saviyasi turish-u nutqidan yaqqol namoyon. Endi shu vosita tarbiya bera olarmikan? “Otalar so‘zi” ham mayda maishiylikdan panoh topgan bo‘lsa… Tarbiyasizlik urchimay, tarbiya ustuvor bo‘larmidi?

Xurshid Karshiyev

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Ёмон гумон омад йўлимизни боғлайди

Толҳа ибн Абдурроҳман ибн Авф ўз замонасида Қурайшнинг энг саховатли кишиси эди. Бир куни унга …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan