Бош саҳифа / Жамият / Taksist YaTT sifatida faoliyat yuritishi mumkin

Taksist YaTT sifatida faoliyat yuritishi mumkin

Prezidentimizning “Аvtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2021-yil 15-maydan 2022-yil oxirigacha avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi.

Bunda yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransportlarda tashish yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi;

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yo‘lovchilarni yengil

avtotransportlarda tashish litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;

  • litsenziya varaqa si 21 yoshga to‘lgan va boshqaruvida arizani berish

vaqtida 10 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil mavjud bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Litsenziya” axborot tizimi orqali beriladi;

  • avtomobilda yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanadigan yakka

tartibdagi tadbirkorlar “Аkkreditatsiya markazi” DUKda akkreditatsiyadan o‘tgan texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart;

  • 2021-yil 1-sentabrgacha yakka tartibdagi tashuvchilarni davlat

ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Термизда Афғонистонга гуманитар ёрдам бериш учун логистика маркази ташкил этилади

БМТ Афғонистонга гуманитар ёрдам бериш учун Ўзбекистонда логистика марказини ташкил этади. Бу ҳақда БМТ расмийси …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan