Бош саҳифа / Жамият / Prezident tashrifidan so’ng… O‘ZGARISHLAR DAVOM ETMOQDA

Prezident tashrifidan so’ng… O‘ZGARISHLAR DAVOM ETMOQDA

Prezidentimizning viloyatimizga tashrifini ko‘pchilik qiziqish bilan kuzatdi. Davlatimiz rahbari viloyatimizga 2017-2019 -yillarda ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha to‘rt marta tashrif buyurgandi. Mazkur tashriflar davomida vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarga jami 858 ta vazifalar belgilanib, ijrosi ta’minlandi. Joriy yilgi tashrif davomida mamlakatimiz rahbari keng jamoatchilik bilan o‘tkazgan yig‘ilishida odamlarning dardiga darmon bo‘lish uchun viloyatimizda hamma sharoit borligini, ichki imkoniyatlardan foydalanish zarurligini, buning uchun sektor rahbarlari fidoyi bo‘lib, “mahallabay” tizimda ishlashi kerakligini ta’kidlab, viloyatimiz salohiyatiga katta baho berganlari yuksak ishonch namunasi, albatta.

“Mahallabay” ishlash asosida aholi muammolarini hal etish va hayotini yaxshilash maqsadida sakkiz yo‘nalishdan iborat aniq vazifalar belgilab berildi. Prezident ma’ruzasida Surxondaryo viloyatida 2021-2022-yillarda umumiy qiymati 16 trillion 800 milliard so‘m bo‘lgan 1 177 ta hududiy investitsiya loyihasi amalga oshirilishi va 25 mingta yangi ish o‘rni tashkil etish mo‘ljallanganligi qayd etildi. Boysun, Sariosiyo, Sherobod tumanlari qurilish materiallari, Qiziriq yengil, Oltinsoy oziqovqat, Angor charm, Bandixon va Muzrabot tumanlari mahalliy sanoatga ixtisoslashtirilib, klasterlar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Xususan, Sariosiyoda qurilish materiallari ishlab chiqarish innovatsion industrial zonasi tashkil etilishi aytildi.

Shuningdek, faollar yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan viloyatda suv muammosi yechimi bo‘yicha yaqin 2-3 yilda viloyatda 1,5 million aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq hal qilish, buning uchun “To‘palang” suv omboridan 400 kilometr magistral tarmoqlar tortish bo‘yicha loyiha ishlab chiqish zarurligini ta’kidlandi. Prezident tashrifidan so‘ng sektor rahbarlari, aloqador tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari hamda mas’ullarga mas’uliyatli topshiriqlar berildi.

 Xususan, bu borada Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda “Surxondaryo namunasi” sifatida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tashrif doirasida Davlat rahbari tomonidan berilgan viloyatni kompleks rivojlantirish, “mahallabay” ishlash asosida aholi muammolarini hal etish va hayotini yaxshilash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va aniq vazifalar ijrosini nazorat qilish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan viloyat hokimining o‘rinbosarlari uchun 40 ta vazifa hamda 82 ta eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI, EMSK) ishlab chiqildi.

 Shuningdek, yuqoridagi vazifa va ko‘rsatkichlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha viloyat hokimining har bir o‘rinbosari uchun “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Bundan tashqari bevosita agentlik tomonidan Respublika 3 ta sektori – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbarlari va Surxondaryo viloyati hokimi o‘rtasida Surxondaryo viloyatida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini va “Mahallabay” ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish to‘g‘risida Qo‘shma qaror ishlab chiqildi.

Mazkur qo‘shma qaror doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga mas’ul rahbarlar zimmasiga kunlik ish faoliyatini sektor hududidagi mavjud muammolarni hal etishga qaratishi belgilab qo‘yildi. Xuddi shuningdek, viloyatda “Yoshlar daftari” elektron platformasi orqali yoshlar bandligini ta’minlash va ularni daftardan chiqarish tartibi bo‘yicha Surxondaryo viloyati tajribasi joriy etildi. Vazirlar Mahkamasining 132- va 250- son qarorlarida belgilangan vazifalarni mahalla, sektor, tuman (shahar) va viloyat sxemasida amaliyotga joriy etish mexanizmlarini tushuntirish uchun o‘quvlar tashkil etildi. Viloyatning 60 ta sektor rahbarlari va kotiblariga, shuningdek, yoshlar siyosatiga mas’ul rahbarlar ishtirokida “Yoshlar daftari” elektron platformasiga yoshlarni kiritish va ularni “daftar”dan chiqarish tartibini tushuntirishga qaratilgan seminar-treninglar o‘tkazildi.

Qolaversa, Surxondaryo tajribasi misolida tuman (shahar) sektor rahbarlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “Uslubiy qo‘llanma” ishlab chiqildi. Viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlarining tizimli ishlashini yo‘lga qo‘yish uchun bundan buyon barcha darajadagi sektor rahbarlari o‘z vazifasini bir yilga birinchi o‘rinbosarlariga yuklashi, sektor rahbarlari esa mahallada bo‘lishi (shtabda), kabinetga kirmasligi, 100 foiz ishini mahallada tashkil etishi belgilandi.

 Amaliy ko‘mak berish, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hamda xolisona baho berish maqsadida tuman (shahar) Kengashlaridan deputatlar har bir sektor rahbariga biriktirildi. Muzrabot va Qiziriq tumanlari sektor rahbarlari tomonidan 2021-yilda amalga oshiradigan ishlari bo‘yicha ‘‘yo‘l xaritasi’’ ishlab chiqilib, viloyat sektor rahbarlari tomonidan tasdiqlanib, ijroga qaratildi. Muzrabot va Qiziriq tumanlari sektor rahbarlari lavozimiga zaxira (dublyor) nomzodlar o‘rganildi va milliy zaxira testi o‘tkazilib, har biri bilan suhbatlashildi. Zaxira nomzodlarning samarali ish tashkil etishlarini ta’minlash, biriktirilgan hududning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va aholi turmush tarzini yanada yaxshilash, “Temir daftar”, “Yoshlar” va “Ayollar” daftari bilan ishlash, “mahallabay” ish tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Yuqoridagi amalga oshirilgan ishlarni izchil davom ettirish, “yo‘l xarita”larining ijrosini tizimli nazorat qilib borish viloyatda kadrlar siyosatini amalga oshirishda ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Ma’lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligini ta’minlashda davlat xizmatchisi salohiyatini oshirish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

Davlat xizmatchisining bugungi kun siyosatini chuqur idrok etishi, istiqbolli vazifalarni aniq belgilab, ishlarni to‘g‘ri tashkil etishi, milliy va diniy qadriyatlarga xayrixohligi, fidoyilik va shijoat, favqulodda qaror qabul qila olish salohiyati kabilar birlamchi o‘rin tutadi. Shu maqsadda viloyatda davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning o‘lchanadigan indikatorlari (eng muhim ko‘rsatkichlari) tizimini joriy etish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirish maqsad qilib qo‘yildi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish lozimki, bugungi kunda viloyatimizda rahbar kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan va buning natijasi sezilmoqda. Xulosa o‘rnida aytganda, davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi odamlarning kayfiyatini ko‘tardi, har bir fuqaroga beqiyos kuch-quvvat bag‘ishladi. Belgilangan aniq vazifalar ijrosini ta’minlashda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi jamoasi faollik ko‘rsatadi.

Ilhom KARIMOV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Surxondaryo viloyati filiali Kadrlar ma’muriyatchiligi bo‘limi bosh inspektor

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Uchovlonning to’rtinchisi

Ommaviy axborot vositalari odatda to‘rtinchi hokimiyat sifatida tilga olinadi. Jurnalistlar esa bevosita jamiyatda mavjud uch …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan