Бош саҳифа / Жамият / Onalar dam olmoqda

Onalar dam olmoqda

Viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar, nogironlar, shuningdek, ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni doimiy qo‘llabquvvatlab, imkon qadar ham moddiy, ham ma’naviy ko‘mak berib kelyapti.

Bu yilgi yozgi ta’til onlari kam ta’minlangan oilalarning 100 nafardan ortiq farzandi kasaba uyushmalari tasarrufidagi “Xonjiza”, “Amudaryo” va boshqa sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olmoqda. Shuningdek, farzandlarini yurt koriga yaraydigan sadoqatli insonlar qilib tarbiyalayotgan matonatli yolg‘iz ayollardan 30 nafari Termiz tumanidagi “Termiz marvaridi” hamda Oltinsoy tumanidagi “Xo‘jaipok” sanatoriyalarida viloyat kasaba uyushmalari kengashi mablag‘i hisobidan bepul dam olishi va sog‘liklarini tiklashlari uchun imkoniyat yaratildi.

Aytish kerakki, sanatoriyalarda dam olayotgan yolg‘iz ayollar viloyatning barcha tumanlaridan jalb qilingan.

— Rosti, yolg‘iz ayolga ro‘zg‘or tashvishlari, farzandlarni yedirish, kiyintirish, tarbiyalash va o‘qitish ancha qiyin. Shunday tashvishlar bilan andarmon bo‘lib umrimning ko‘pi o‘tib ketibdi, o‘ylab ko‘rsam, viloyatimiz yoki respublikamizdagi biror-bir sanatoriyaga bormagan ekanman, — deydi Boysun tumanidagi “Sho‘rsoy” mahallasida yashovchi yolg‘iz ona Muqaddas Ashurova. — Meni “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritib, amaliy yordam berayotganlardan minnatdorman. Hozirgi sharoitda biror sanatoriyaga borib davolanish uchun ham kamida 4-4,5 million so‘m kerak. Bugun rahbarlarimiz e’tibori, kasaba uyushmalari vakillarining g‘amxo‘rligi tufayli Termiz tumanida joylashgan “Termiz marvaridi” sanatoriyasida dam olib, sog‘ligimni tiklayotgan ekanman, tashkilotchilarga tashakkur bildiraman. Yurtimiz tinch bo‘lib, saxovatpesha insonlar, iqtisodiy baquvvat korxonalar ko‘paysin, odamlar orasida mehr–oqibat rishtalari yanada mustahkamlanaversin!

Usmonali NORMATOV

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Деновдаги 81-мактабга электрон доска ҳадя қилинди

O’zLiDeP Денов тумани Кенгаши депутати С.Рашидова «Қуёшли юрт» маҳалласидан сайланган. Бугунга қадар депутат маҳалладаги кўплаб …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan