Бош саҳифа / Жамият / Navoiy poyiga armug’on gullar

Navoiy poyiga armug’on gullar

She`riyat mulkining sultoni Navoiyni, uning she`ru g’azallarini tinglamagan, hirgoyi qilmagan kishi bo’lmasa kerak. Navoiy dahosi va o’zbek adabiyotidagi o’rni naqadar buyuk ekani shak-shubhasiz. Ulug’ ijodkor umri davomida ummondan dur qidirgan, ilm ahlining buyuk yo’lboshchisi edi.       Inson qalbining quvonch-u qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz.

Bu yil Mir Alisher tavalludiga 580 yil to’ldi. Ayni sana munosabati bilan shoirni yod etish maqsadida Termiz shahridagi Alisher Navoiyning muhtasham haykali poyiga gulchambarlar qo’yildi.

Tadbirda viloyat va shahar hokimligi, shoir va yozuvchilar, professor-o’qituvchilar, oliy o’quv yurtlari talabalari, jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Gul qo’yish marosimida so’zga chiqqan viloyat hokimi To’ra Bobolov tadbir ishtirokchilarini tabriklab, Navoiyning bashariyatga qoldirib ketgan ma`naviy merosini chuqur o’rganish, Navoiyni ardoqlash haqida atroflicha to’xtaldi.

Tantanali tadbir San`at saroyida davom etdi. Alisher Navoiyning she`rlaridan, g’azallaridan namunalar keltirildi. Sahna ko’rinishlari, o’quvchi va talabalarning chiqishlari konsert dasturiga ulanib ketdi. Navoiyning 580 yilligiga bag’ishlangan bayram dasturlari vohamiz bo’ylab davom etmoqda.

Adolat MO’MINOVA

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Талабалар учун вилоят ҳокими стипендияси жорий қилинади

Ёшлар фестивали доирасида “Ҳоким ва ёшлар” учрашуви бўлиб ўтди. Санъат саройи атрофидаги боғда ўтган учрашув …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan