Бош саҳифа / Таълим / Natijalar ijobiy…

Natijalar ijobiy…

Chekkagina hududda joylashgan Termiz tumanidagi Kattaqum qishlog‘i ahlining shaharga chiqishi, bozor-o‘chargayu ishga otlanishi uchun birmuncha sabr-toqat ham kerak bo‘ladi.

Buning uchun bir necha kilometrlarni bosib o‘tish, kezi kelsa, piyoda katta yo‘lga chiqishiga ham to‘g‘ri keladi. Qishloqda bog‘cha yo‘qligi esa kattagina muammo edi. Yaxshiyamki, ikki yil avval qishloqda 50 o‘rinli 1-sonli MTT foydalanishga topshirildi. Endi qishloq ahli farzandlarini bog‘chaga topshirishadi-da, ishga shoshishadi. Bu ham bir yengillik aslida.

Farzandi bog‘chada qolgan ota-onalar ularning vaqti qanday o‘tayotganiga qiziqishi tabiiy, albatta. Har kunni tonggi badantarbiya bilan boshlaydigan bolajonlar tanalarini biroz chiniqtirib oladilar. Bu esa ularning kun bo‘yi tetikligini, mashg‘ulotlarga qiziqishi va diqqatini oshiradi.

Har bir bolaning jismonan sog‘lom, aqlan zukko bo‘lib yetishishida har bir tarbiyachi mutaxassis bor bilim va ko‘nikmasi ishga solinadi. Maktabga qadam qo‘yayotgan har bir o‘g‘il-qiz bilim olishga tayyor, harf tanigan, boshlang‘ich ko‘nikmalarga ega bo‘lib borishini maqsad qilganmiz. Bu nafaqat kelajak avlod uchun foydali, balki biz mutaxassislarning ham ishimizni oynada aks ettirgandek bo‘ladi. Shu sababdan ham faoliyatimiz “Ilk qadam” va “Davlat ta’lim standarti” o‘quv dasturlari asosida olib borilmoqda. Bolajonlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, mehr-muhabbat tuyg‘ularini kuchaytirib, mehnat qilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida interfaol usulda mashg‘ulotlar olib boramiz, ko‘ngilochar o‘yinlar tashkil etamiz, turli tadbirlar va bayram kechalarida faolligini oshiramiz. Kayfiyatlarini ko‘tarib, munosib rag‘batlantiramiz. Bu ham bolajonlar tarbiyasida ijobiy natija berib kelyapti.

Iroda AMINOVA,

1-MTT tarbiyachisi

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

5 август куни ОТМга кириш имтиҳонлари бошланади

Бу йилги тест синовлари икки сменада ўтказилади: 1-смена 07:00 да, 2-смена 19:00 да Surxondaryo viloyatida …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan