Бош саҳифа / Жамият / “Men “Sobiq” emasman”

“Men “Sobiq” emasman”

Said Ahmadning “Sobiq” degan hikoyasini bilasizmi? Ushbu hikoya achchiq, alamli kulgidan yiroq hajviy, sof yumoristik tarzda bayon qilinadi. Bosh qahramon paxta terishda jonbozlik ko’rsatib, hech kutilmaganda dabdababozlikning nishoniga aylanadi. Eng ilg’or paxtakor deb, asosiy ishini yig’ishtirib, turli kerak-nokerak majlis, kengash, yig’ilishlarga borishga majbur bo’ladi. Katta maqsadlar yo’lida intilayotgan yaxshi bir mehnatkash insonni asrash avaylash uning kuchidan oqilona foydalanish, har bir odam o’z o’rnida bo’lib, o’z vazifasini sidqidildan bajarish kabi masalalar hajviy yo’sinda tasvirlangan. Hikoyada qahramon o’z xatti-harakati bilan emas, balki tushib qolgan vaziyati tufayli kulgiga duchor etilgan. Chunki boshqalardan ko’proq paxta terib ilg’or bo’lganligi uning aybi emas.

Ammo bugungi zamon boshqa. Mehnatkashlarga qaratilayotgan, tadbirkorlik qo’llab-quvvatlanayotgan tamomila yangi davrda yashayapmiz. Hikoyada keltirganimizdek qahramonimizni ham bankdan kredit olib tadbirkorligini yo’lga qo’ygani va ish o’rinlari yaratgani sabab ham mutasaddilar sayyor qabullarga, televideniye va ommaviy nashrlarda intervyu berishga chorlashaverganidan yuragi bezillab qolgan. Negaki, u kishi bilan bog’lanib, suhbatga chorlaganimizda, gazetada siz haqingizda maqola tayyorlamoqchimiz, faoliyatingiz maqtashga arzigulik ekan, ish o’rinlari yaratibsiz intervyu berasizmi, deyishim bilan “yana xo’jako’rsinga intervyumi, unday bo’lsa ishdan qolmayin”, degan javobni oldim. Negadir yorilgisi keldimi, yoki shashtidan tushdimi sekingina gap boshladi.

-“Qaysi mutasaddidan ish o’rni yaratib, tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan kim bor, desa to’g’ri menga yuborishadi. Ular ham esa kelib rasmga tushiradi, ma`lumot olganday bo’ladi. Ammo hamma ishlarimni yolg’iz ayol boshimga o’zim amallayapman. O’z mehnatim bilan erishayapman, mana ikkita sex ochdim, 12 ta xotin-qizni ishli qildim. Meni e`tirof etib, kimlargadir o’rnak qlib ko’rsatadigan mutasaddilarning oldiga borib, faoliyatimni kengaytiray, yana ko’proq kishini ishli qilay, deb yordam so’rasam, qo’l cho’zmaydi. Meni qahramon qilib ko’rsatadiganlardan charchadim”, – deydi Uzun tumani “Ulanqul” mahallasida tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan Nozigul Xidirova. –  

Nozigul opa, ko’ngliga qo’l solsa, ko’nglini to’kadiganlardan ekanmi, suhbat chog’ida yutuqlariniyu, tadbirkorlikni boshlab, ishini yo’lga qo’ygungacha, oyoqqa turguncha ko’rgan-kechirganlarini, uni qiynayotgan muammolarni ro’y-rost to’kib soldi.

Tumandagi “Ulanqul” mahallasida istiqomat qilayotgan Nozigul opa ota uyida, ukasining qaramog’ida yetti yoshli qizchasi bilan birga turadi. U ham ezgu niyat ila oila qurgandi, ammo taqdirning taqazosi bilan turmush o’rtog’i bilan ajrashdi. Nozigul opa ham farzandiga yaxhi sharoit qilib berish, qolaversa hayotda o’z o’rnini topish maqsadida avvaliga qishloqda ishlab yurdi. Keyin toppish tutishining cho’g’i ro’zg’orga yararlik bo’lavermaganidan qizini onasiga tashlab o’zi Toshkentdagi kiyim-kechak tikiladigan sexlardan biriga ishga ketdi. U yerda ishlab tajriba orttirdi, tikish-bichish sir-asrorlarini puxta o’zlashtirdi. Sexda uni ish boshqaruvchi etib tayinashganda ham ishni bemalol uddaladi. Andozalarni ham Nozigul opa chizib beradigan bo’ldi. Shundan so’ng jamg’argan mablag’larini to’plab, uyiga qaytdi va ikkita tikuv moshinasi sotib oldi.

-Mahalla raisimizga sex ochmoqchi ekanligimni aytganimda, O’rmon xo’jaligining yonidan bitta xona ajratib berdi, – deydi Nozigul Xidirova. – dastlab ikkita tikuv mashinasida ish boshladim. Keyin qarzga yana ikkita mashika sotib oldim. Bir ishchimning uyi biroz olisda edi. Uning ustiga bir oyog’ida nuqsoni borligi uchun piyoda kelishda qiynalardi. Ishlamay desa ro’zg’origa pul kerak edi. Shunda bir kuni “opa bizning uyga yaqin joydan yana bitta sex ochsangizchi”, deb qoldi. Bankdan o’ttiz million kredit olib yana oltita tikuv mashinasini oldim. Natijada yana ish o’rinlari soni ko’paydi. Biz asosan bolalar va ayollar liboslarini tikamiz. Mahsulotlarim xaridorgir. Sotish uchun bozorga olib borib topshiramiz. Matoni esa poytaxtdan olib kelaman.

Nozigul Xidirrova yolg’iz boshi bilan ushbu sexar bian cheklanib qolmagan. O’rmon xo’jaligining oshxonasini ham yuritadi. Bu yerda ham ayollar band. Bundan tashqari savdo do’koni ham bor. Bir kunda 200-300 tagacha kiyim tikishadi. Yoz paytlari esa 1000 tagacha libos tayyorlashadi. Nozigul opaning aytishiga qaraganda tikuvchi ayollarning har biri yoz oylarida tikkan mahsulotiga qarab ikki-uch milliongacha daromad topishadi.

-Ishga asosan, turmushida qiyinchilikka uchragan, pulga muhtoj xotin-qizlarni olaman, ular ham oilasini boqishi, uning ustiga ish o’rganishi kerak-da, – deydi qahramonimiz. O’zimning uyim ham, sex uchun joyim ham yo’qligi uchun ijara t’lashda, soliq to’lab yana ishchilarga oylik berishga yetkazishim qiyin bo’layapti. Menga foizi kamroq kreditlardan ajratishsa, faoliyatimni kengaytirsam deyman. Mahallamizga non sex tashkil etsam, umumiy ovqatlanish shoxobchalarini qursam yana qancha kishi ishli bo’lardi. Keyin meni birorta ham tanlovlarga jalb qilishsa, ko’rgazmalarda liboslarim bilan ishtirok etsam qaniydi. Ammo meni qahramon ilib ko’rsatadiganlar bu borada meni eslashmaydi ham.  Ayol boshim bilan juda ko’p mashaqqatlar bilan ish boshladim. Ro’zg’rodan orttirib qo’ldan kelgancha ishlayapman. Qizim kichkina, ukamning uyida yashash esa og’ir. Iloji boricha ularga og’irim tushmasin deyman.

Bugun hayotda turmushning og’ir zarbalaridan bezillab qolgaan, ijtimoiy ko’makka muhtoj, jamiyatda o’rnini topishda muammolarga duh kelayotgan xotin-qizlar Nozigul Xidirovadan o’rnak olsa arziydi. Chunki unda ham avval boshqa bir talay muammolar bore di. Qo’lida hunari ham ishi ham yo’q edi. Ammo Nozigul opa hech ikkilanmay o’zini hunar o’rganishga urdi. Tinimsiz mehnat qqildi. Peshona teri bilan yolg’iz ona bo’lsa-da harkatdan to’xtamadi. Bir so’z bilan aytganda kechgi muammolar girdobiga tusshib qolgan ayoldan bugun u yaxshi bir tadbirkorga aylandi. Qo’lida gulday hunari bor. To’g’ri, bugun ham uning faoliyat yuritshida, yashash sharoitida aayrim kamchililar bor. Biroq bu narsalar edni Nozigul opani to’ztata olmayi. Cho’chitmaydi ham. Negaki, u allaqachon ooldiga maqsad qo’yib olg’a yashash kerakligini, inson faqat o’z mehnatiga ishonisshi lozimligini anglab yetgan bardoshli ayol.   

Yana bir gap. O’tgan yilning 13 oktabrida Prezidentimiz “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorni imzolagani ham ayollarni qo’llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kredit olib tadbirkorligini yo’lga qo’yishda muhim omil bo’ldi. Qarorga ko’ra, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan fuqarolar, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlarga o’z biznesini tashkil etish uchun 33 million so’mgacha bo’lgan miqdordagi mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladigan bo’ldi. Mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sug’urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasining kafilligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari asosida 225 million so’mgacha miqdorda mikrokreditlar ajratilishi ham mumkin. Bunda mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

Ajabmas qahramonimiz Nozigul Xidirovaga ham ana shunday kreditlardan ajratilsa, uning ham faoliyatini kengaytirishda mutasaddilar ko’maklashsa.

Adolat MO’MINOVA

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Талабалар учун вилоят ҳокими стипендияси жорий қилинади

Ёшлар фестивали доирасида “Ҳоким ва ёшлар” учрашуви бўлиб ўтди. Санъат саройи атрофидаги боғда ўтган учрашув …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan