Бош саҳифа / Таълим / Marragacha bir qadam

Marragacha bir qadam

Til bilish nechog‘lik muhim? Barchaning bu savolga o‘z javobi bor. Ammo, bugunning talabi boshqacha. Til bilish muhim va zaruratga aylanib ulgurgan tushuncha.

Ayniqsa, oliy o‘quv yurtlariga imtihon topshirganda CEFR yoki chet tilini bilish darajasi testidan tegishli sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning imtiyozlarga ega bo‘lishi katta yangilik bo‘lgan bo‘lsa, bu sertifikatsiz pedagog sifatida ishlay olmaslik ham ba’zi pedagoglar uchun qiyinchilik tug‘diradigan talabdir. Shu nuqtai nazardan oliy ta’lim dargohi talabani kadr sifatida tayyorlaydi, tilni mukammal darajada o‘rganishiga zamin yaratadi.

So‘nggi bir necha yil ichida til bilishga e’tibor kuchaygani Termiz davlat universitetining xorijiy filologiya fakultetida ham ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishiga, yaxshi yangiliklarga debocha bo‘ldi. Fakultetda nemis tili va adabiyoti kafedrasi qoshida fransuz tili ta’lim yo‘nalishi ochildi. Endi talaba-yoshlar fransuz tilini ham puxta o‘rganishi mumkin.

Kechki ta’lim yo‘nalishining ochilishi esa ba’zi til biluvchi yoshlar uchun ayni muddao. Ayni yo‘nalishda 450 nafarga yaqin talaba doimiy ishidan ajralmagan holda tahsil olyapti. Eng asosiysi, nemis tili yo‘nalishida magistraturaga qabul boshlangani ham eng yaxshi xushxabarlardan. 10 dan ortiq yigitqizning IELTSning yuqori darajalarini qo‘lga kiritganini aytadigan bo‘lsak, o‘z ishining mohir ustalari yetishib chiqayotganini ishonch bilan ta’kidlash mumkin. Shu bilan bir qatorda ko‘plab yutuq va muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan talaba yoshlar va o‘qituvchilar nafaqat o‘zining balki, universitet, yurtimiz nomi uchun ham munosib harakat qilishyapti.

Bu dargohda stipendiantlar, xalqaro grant va fan olimpiadalari g‘oliblari o‘qiyotir. Nasiba O‘runova respublika fan olimpiadasida birinchi o‘ringa loyiq topilgan bo‘lsa, DAAD granti orqali o‘qituvchi Zamira Shirnazarova boshchiligida 10 nafar talabaning Germaniyaning Myunster universitetida 2 haftalik o‘quv amaliyotida bo‘lib qaytishgani nafaqat amaliyotchi yoshlarning, balki ular bilan ishlagan barchaning yutug‘i bo‘ldi, deyish mumkin. Ayni shunday grantlarda g‘olib bo‘lib, pandemiya sabab xorijga chiqa olmayotgan talabalarimiz DAAD — nemis akademik almashuv xizmatida onlayn o‘qishayotir.

Germaniyalik professor Filviya Raybekamp rahbarligida universitetimizning nemis tili va adabiyoti kafedrasi hamda Buxoro, Urganch oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda oliy ta’lim: madaniyatlararo muloqot” mavzusiga oid o‘quv qo‘llanma ustida ish olib boryapmiz. Til o‘rganaman, dunyoga chiqaman, tajriba almashaman, degan maqsadni oldiga qo‘ygan borki, ular uchun yurtimizda yetarlicha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Istak va layoqat bo‘lsa, marraga yetish bir qadam.

Dilbar TOJIYEVA,

Muhabbat RO‘ZIMURODOVA,

TerDU o‘qituvchilari

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Bola balo bo’lmasidan avval

Sharq mutafakkirlarining ijodiy merosida ta’lim-tarbiya masalasi muhim o‘rin egallaydi. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan