Mahorat darslarida

Date:

Turli sarguzasht va o‘zini sinovga qo‘yishni yoqtiruvchilar uchun ot sport turi eng yaxshi mashg‘ulot. Beozor jonivorni boshqarish, tabiat qo‘ynida choptirish zavqini chavandozgina yaxshi his eta oladi. Buning uchun otni tushunish, jonivorni his etib harakatlanish lozim. Ana shundagina jarayon parvoz qilgandan kam bo‘lmaydi. Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabida yosh chavandozlar doimiy tarzda ana shunday hislarni o‘z boshidan o‘tkazib kelishadi.
Termiz shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari hamda Termiz davlat universiteti talabalari ham Qorabayir otlari mahorat maktabida bo‘lishdi. U yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishish bilan birga otga minishni, sayr qilishni o‘zlarida sinab ko‘rdilar. Mahoratli mutaxassislarning maslahat va tavsiyalariga quloq tutgan o‘rganuvchilar beozor jonivor bilan tezda til topishib ketdilar.
Mahorat saboqlari bu bilan tugamadi. Havaskor yoshlar kamondan o‘q otishning nechog‘lik uddasidan chiqishini amalda ko‘rsatdilar. Albatta, har qanday sport turini udda qilish uchun uning texnikasini bilish lozim. Oddiy haqiqatlarni uqqan yosh kamonchilar o‘qni nishonga aniq tekkiza oldilar.
Amaliy mashg‘ulotlar qizg‘in tus oldi. Barcha o‘rganish ishtiyoqida yonayotgani uchun ham natija yomon bo‘lmadi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU talabalari o‘qishni Turkiyada davom ettiradimi?

Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin deyishganidek, til o‘rganishda ham...

Pilla mavsumiga start berildi

Joriy yil pilla hosili uchun birinchi mavsumga start berildi....

Ijodkor yoshlar bellashdi

Ijodkor, qo‘liga qalam tutib, nasr yoki nazmda ijod qilishni...

Mehmonlar yuksak saviyada kutib olinadi

Joriy yilning 1-7-may kunlari “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib...
KunTun
KunTun