Бош саҳифа / Жамият / “Mahallamning iftixorisiz”

“Mahallamning iftixorisiz”

U ayolning ko’rgan mahalladoshi borki, shiddatiyu, shaxdidan bemalol, nozik hilqat vakili, deb ham o’tirmay muammosini aytadi-qo’yadi. Chunki biladi, ishonadiki, uning muammosi shu zahotiyoq mahalladagi nuroniylar, kayvonilar malahatida kengashilib, yechimini topadi. Kredit olish uchun mahalladagi fuqarolar sarson bo’lib, idorama-idora borishiga ham hojat qolmaganiga nima deysiz? Ushbu mahallada na jinoyatchilik va na nizolashgan-u ajrashganni uchratmaysiz.

Kimningdir qizi nimadir sabab bilan qaytib kelguday bo’lsa, shu zahoti uning uyiga va o’sha kelin yashaydigan mahallaga borilib, vaziyat obdon o’rganiladi. Shundan so’ng batafsil tushuntirish, kerakli yordam va tavsiyalar berish ishlari boshlanadi. Qarabsizki, muammoning o’zi ushbu mahalla raisining shashtidan hayiqqanidanmi, ortga chekinadi. Odamlari ham mehnatkash ushbu mahallaning. Mahalla guzarini ham hashar yo’li bilan yangitdan qurib olishgani buni isbotlab turganday. Unim yo’q, bunim yo’q deydiganlar mabodo topilguday bo’lsa, mahalla raisi uning ham masalasini yechishga tayyor. Shuning uchun ham mahallaning mehnatkash mahalla raisi kuni kecha viloyat hokimligida bo’lib o’tgan tantanali marosimda “Mahalla ifixori” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Jarqo’rg’on tumani “Porloq yulduz” mahallasida 2008-yildan buyon mahalla raisi sifatida javlon urib, ko’plarning muammolarini hal qilib, mahalla obodligini yanada oshirish yo’lida xizmat qilayotgan, elning olqishini olib, ko’plarga ko’mak qo’lini cho’chib kelayotgan Risolat Xudoyberdiyeva ana shunday chinakam fidoyi insonlardan.

  • “Mahalla iftixori” ko’krak nishoni mening o’zimgagina emas,

mahalladoshlarimga ham berilgan yuksak baho deb bilaman, — deydi Risolat Xudoyberdiyeva. — Ming shukurki, bizda nizolashadiganlar yo’q. Suvimiz bor. Mahallamizda suv ishlab chiqaradigan korxona ishlab turibdi. Bizdan tashqari yana 6 ta mahallani ichimlik suvi bilan ta`minlash quvvatiga ega. Odamlarimiz mehnatdan qochmaydi. Nima desam, labbay deb javob berishadi. Keksalar bilan doimo kengashib ish qilaman. Ularning boy tajribasidan foydalanaman. Biror muammoli vaziyat bo’lguday bo’lsa, o’zi bo’larchilikka tashlab qo’ymasdan, shu zahotiyoq ishga kirishaman. Mahalla ahli menga umid ko’zi bilan qarab, ishonch bildirib yonimda qo’llab tursa nima uchun endi ularning yaxshi va yomon kunlarida ularga yordam bermasligim kerak. Mahallada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan hamjihatlikda ishlaymiz. Biror kishi kredit olish istagi bilan kelsa, hujjatlarini bankka borib o’zim to’g’rilashga harakat qilaman. Odamlarni sarson qilishdan foyda yo’q. Bildirilgan ishonch va yelkamdagi mas`uliyatni astoydil bajarishim ham qarz ham farz, deb bilaman.

2004-yildan beri mahalla tizimida faoliyat yuritib kelayotgan Risolat opa qator yutuqlarni ham qo’lga kiritib kelmoqda. 2007-yilda  diniy, ma`rifat va axloqiy tarbiya masalasida o’tkazilgan respublika ko’rik-tanlovida birinchilikni egallagan bo’lsa, 2008-yildagi “Obod mahalla” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida uchinchi o’rinni berishgan. “Eng namunali mahalla” ko’rik-tanlovida esa respublika bosqichida mahallada salomatlikni ta`minlash nominatsiya bo’yicha taqdirlangan.

Prezidentimizning 2017-yil 13-iyuldagi “Mahalla iftixori“ ko’krak nishonini ta’sis etish to’g’risida”gi qarori asosida tashkil etilgan mazkur mukofotga bu yil Risolat opa bilan bir qatorda yana 37 nafar vohadoshimiz sazovor bo’ldi.

Ayni paytda viloyatda 721 ta mahalla fuqarolar yig’ini faoliyat ko’rsatmoqda. Oilalarni mustahkamlash, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, aholining turmush farovonligini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoshlar tarbiyasi, mahallalarni obod maskanlarga aylantirishda mahalla fuqarolar yig’inlarining roli tobora ortib bormoqda.

Adolat Mo’minova

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Ёмон гумон омад йўлимизни боғлайди

Толҳа ибн Абдурроҳман ибн Авф ўз замонасида Қурайшнинг энг саховатли кишиси эди. Бир куни унга …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan