Kitoblar karvoni Denovda

Date:

Har birimizda ekologik madaniyat shakllanganda edi, istagan joyimizga chiqindi uloqtirmagan, xazonlarni yoqmagan bo‘lardik. Bunday sabablar qatorini ko‘plab davom ettirishimiz mumkin, bularning bari ekologik madaniyatning shakllanmaganini ko‘rsatadi. Xolbuki, tabiatga, ekologiyaga zarar keltiradigan holatlarni anglash, nima to‘g‘ri-yu, nima zarar ekanini yoshlikdanoq o‘rganmoq shart va zarur. Ana shu jihatlarni inobatga olgan holda maktab yoshidagi o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish, ekologik bilimini rivojlantirish, tabiatdagi hayvonot va nabotot olami hayot uchun naqadar muhim ekanligi tushuntirish davr talabi. Buning uchun eng yaqin ko‘makchi va ta’sir vositasi Qizil kitobdir. Ayni maqsadda maktablarga Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun maxsus tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi tarqatilmoqda.
Kitoblar ortilgan karvonning dastlabki manzili viloyatning Denov tumani bo‘ldi. Tumanning 30-umummiy o‘rta ta’lim maktabiga kitoblarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Prokuraturasi ma’sullari, Denov tuman Ekologiya bo‘limi xodimlari ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitoblari topshirildi. Ushbu kitoblarni varaqlab, uni o‘qib o‘rganishga tutingan yoshlar xavf-xatar qo‘ng‘irog‘ini eshita oladilar. Atrof-muhitga, ona tabiatga, hayvonot olamiga nisbatan munosabatini o‘zgartirishlariga shubha yo‘q.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU talabalari o‘qishni Turkiyada davom ettiradimi?

Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin deyishganidek, til o‘rganishda ham...

Pilla mavsumiga start berildi

Joriy yil pilla hosili uchun birinchi mavsumga start berildi....

Ijodkor yoshlar bellashdi

Ijodkor, qo‘liga qalam tutib, nasr yoki nazmda ijod qilishni...

Mehmonlar yuksak saviyada kutib olinadi

Joriy yilning 1-7-may kunlari “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib...
KunTun
KunTun