Бош саҳифа / Адабиёт / JURNALISTIKANING TIRIK OSHIG‘I

JURNALISTIKANING TIRIK OSHIG‘I

Turdimurod Mustafoyev — ko‘pchilik jurnalistlar yanglig‘ sevgan sohasi ortidan naf ko‘rmay ham, nolimay ijodda bardavom inson. Faqat u kishining farqi — ro‘zg‘or tashvishlari ijodiga o‘rmalamagan, kundalik jamiyat-u bugungi kunlardan ilgarilab ketgan fikridir. Qorni ochligi ko‘ngil to‘qligi bilan mutanosib yashayveradi. Xudoning o‘zidan o‘zgasiga muhtoj bo‘lmasligini istab yashayveradi. “Jurnalistning noni qattiq” degan soha fidoyilari. Afsuski, non istab nomidan kechganlar ham sohada kam emas. Turdimurod aka undaylardan emas. Gazetada e’lon qilingan maqolasi — u kishining topgan va tatigan noniday shirin, aziz. Qolaversa, manfaat istabgina sohaga kirgan necha-necha jurnalistlarni ko‘rgan bo‘lsam, shuncha publitsistikada o‘tmaslashib, o‘likday qotgan qalami bilan “sudralgani”ning guvohiga aylandim. Ammo, Turdimurod akaning fikri tirik, qalami hali aytar so‘zlari, teran fikrlari nafasi ila yashayotir. Turdimurod aka ham shu “tili” bilan jurnalistikada hayot.

“Bugun ertalab g‘alati “kashfiyot” qildim. Kashfiyot ham emas… xullas, men aytib beray, bahoni o‘zingiz berasiz. Har kuni ertalab, ozg‘imni namakob (tuzli suv) bilan chayqashni odat qilganman. Darvoqe, bu yaxshi profilaktika: sizga ham tavsiya qilaman. Xullas, bugun tuzni odatdagidan ko‘proq tashlab yuboribman, juda sho‘r bo‘lib ketdi. Baribir, risoladagidek og‘iz chayqadim. Sho‘rdan aftim burishdi, mayli-da. Keyin bir piyola suv ho‘pladim. Yopiray! Suv shunaqa shirin tuyuldiki, asti qo‘yaverasiz. “Kashfiyot” shuki, shirin, achchiq, sho‘r, nordon kabi sifatlar hammasi nisbiy. Sho‘r suvdan keyin jo‘n suv ham shirin tuyularkan. Shu qoidani hayotingizga joriy eting, ko‘nglingiz halovat topadi”. Turdimurod aka sinchkov, kuzatuvlari behuda emas. Fikrlari ham to‘yingan; doimiy va kutilgan emas. Har mutolaasidan so‘ng ongida g‘ujg‘on o‘ynagan fikrlarning kashfiyotidan angrayib qolaverasiz. Turdimurod akaning jahlini chiqarish ham oson. Salgina talmovsirasangiz, aytar so‘zidan chetlashib yovqarash qilib tursangiz, tamom. Jahli tez esa-da, tutaqib ketmaydigan Turdimurod akani boshqacha kashf etaverasiz. U fikrlarning kashfiyotchisi bo‘lish bilan birga, yozuvchilar uchun ajoyib prototip. Qiziq mavzu, oltmishga yaqinlashib qolgan ko‘hna va barhayot kashfiyot ham.

Bugun Turdimurod aka “Termiz universiteti” gazetasi bosh muharriri. Gazetchilikning tinib-tinchimas ijodkori, fidoyisi bugun orzusidagidek — band. Bu bandlik nafas olishga vaqti yo‘q darajadagi bandlik bilan o‘lchanadi. Boshqachasini orzulamagan ham. Gazetaning har sonini esa alohida mehr, Mustafoyevga xos mas’uliyat bilan bosmaga tayyorlaydi. Nomi jarangli, jurnalistlarga xos bo’lgan fikr suprasi qupquruqlardan farqli o‘laroq men jurnalist sifatida Turdimurod Mustafoyevni alohida ta’kidlashdan erinmayman. Buni esa hali o’zi bilmaydi.

Davomi 49-sonda

Xurshid Karshiyev

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

252 нафар ёшнинг контракти тўлаб берилди

Яхшилик икки жаҳонни орттирур, дейди донолар. Ҳақ гап. Чунки яхшилик кун келиб яхши самаралар бериши …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan