Бош саҳифа / Жамият / Javobgarlikni bugundan boshlash kerak

Javobgarlikni bugundan boshlash kerak

“Biz kelajak uchun javobgarmiz” deya yashil bayroq ko‘tarib maydonga chiqqan eng yosh partiya bu O‘zbekiston Ekologik partiyasi hisoblanadi. Ularning elektorati ham ma’lum bir toifa vakillari emas, balki butun bir jamiyat, atrof-muhit va ekologiyadir.

Ular inson va tabiatni muhofaza qilish, yashillikni saqlash va tabiiy boyliklardan oqilona va odilona foydalanish tarafdori bo‘lib ham oldilariga qo‘ygan maqsad va vazifalarini ilgari surib kelishmoqda. Bunda ularga partiyaning “Yoshlar qanoti” katta yordam berayotgani ham ayni haqiqat. Bugun barcha sohalarda yoshlar qo‘llab-quvvatlanayapti va ularning g‘oya va tashabbuslari sohalar rivojida, jumladan, partiya faoliyatida ham sezilarli ahamiyat kasb etadi.

Termiz shahridagi “Matbuot uyi”da O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat Kengashining konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda asosan uchta masalaga e’tibor qaratildi. Dastlab, partiya qoshida tashkil etilgan “Yoshlar qanoti” a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglanib, atroflicha muhokama qilindi. Shundan so‘ng, “Yoshlar qanoti”ga rais va o‘rinbosarlar ovoz berish yo‘li bilan saylab olindi. Birato‘la kengash a’zoligiga ham partiya a’zolari orasidan 9 nafar nomzod tavsiya qilinib, bir ovozdan ular ham Kengashga saylanishdi.

— Respublikada yoshlar parlamenti a’zoligiga saylangan 250 nafar yoshdan 26 nafari Ekologik partiyadan saylangan, — deydi O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan yoshlar parla-menti a’zosi Ixtiyor Baxromov. — “Yoshlar qanoti”ga saylangan a’zolar orasidan partiyaning haqiqiy faol va tashabbuskorlar chiqishi kerak. Partiyaning faoliyatini tar-g‘ib qilib, Yoshlar parlamentiga a’zolar sonini oshriish ham o‘zimizning qo‘limizda. Hali partiya yangi bo‘lishi mumkin, ammo bizda juda katta ishlarni amalga oshirishga imkoniyat bor. Bundan to‘g‘ri foydalana bilishimiz kerak.

Partiyaning viloyat Kengashi tomonidan ko‘plab amaliy tashabbus va g‘oyalar ilgari surilayapti. Targ‘ibot tadbirlari, seminartreninglar, ekologiyaga oid turli xil aksiyalar ham o‘z samarasini berib kelmoqda. Ko‘chat ekish, hasharlar uyushtirish, tabiat muhofazasi va ekologik muammolarni bartaraf etish borasida jonbozlik ko‘rsatayotgan partiya vakillari ham bugun el orasida o‘z so‘zi va obro‘siga ega bo‘lib bormoqda. Ushbu partiyadan bir nafar nomzod Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat sifatida saylangani esa partiyaning hali oldinda qiladigan ishlari talaygina ekanini ko‘rsatib turibdi. Bu kabi deputatlar sonini oshirish va jamiyat hayotida partiyaning rolini oshirishda salmoqli ishlar qilish orqaligina erishish mumkinligini vaziyatning o‘zi taqozo etib turibdi. Kelajak uchun javobgarlikni bugundan boshlash juda muhim.

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Ёмон гумон омад йўлимизни боғлайди

Толҳа ибн Абдурроҳман ибн Авф ўз замонасида Қурайшнинг энг саховатли кишиси эди. Бир куни унга …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan