Бош саҳифа / Жамият / Intellektual mulk – himoyaga muhtoj

Intellektual mulk – himoyaga muhtoj

Prezidentimizning 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori natijasida intellektual mulkni himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shuningdek, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish va amalga oshirilayotgan ishlarning manzilliligini ta’minlashni ko‘zlab, Intellektual mulk himoyasi markazlari tashkil etildi. Kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning muomalasiga, shuningdek, intellektual mulk huquqlarining buzilishiga qarshi tizimli va samarali kurashishda bevosita ishtirok etish, xususan, ogohlantiruv va taqdimnomalar kiritish, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarni tuzish ushbu markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Markaz o‘zining vakolatlaridan foydalanib intellektual mulk himoyasi sohasida bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, hududda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish maqsadida savdo do‘konlari hamda bozorlardagi sotuvchilarga kontrafakt mahsulotlar katalogi tarqatilib, ularning savdosi, uni ishlab chiqarish hamda fuqarolik muomalasiga kiritish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan viloyatda faoliyat olib boruvchi aksiyadorlik jamiyatlaridan biri tomonidan kontrafakt mahsulotlari realizatsiyasiga yo‘l qo‘yilganligi, ya’ni o‘zganing tovar belgisidan foydalanganligi uchun aksiyadorlik jamiyati rahbariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirib, mazkur tadbirkorga o‘z tovar belgisiga ega bo‘lish, o‘zganing huquqini buzmaslik yuzasidan maslahatlar berildi.

Tadbirkorlarga tovar belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, uni huquqiy himoya qilish hamda o‘z ishlab chiqarish brendlariga ega bo‘lish bo‘yicha berilgan tushuntirishlar hamda targ‘ibotlar o‘z samarasini berayotir. Xususan, Termiz tumanida faoliyat olib borayotgan MCHJlaridan biri tomonidan ishlab chiqarilayotgan qurilish mahsulotlari uchun “TER MIX” nomli jamlama tovar belgisiga nisbatan talabnoma topshirishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

 Biroq markaz xodimlari tomonidan olib borilayotgan tushuntirishlar hamda targ‘ibotlar shuni ko‘rsatdiki, intellektual mulkka mulk sifatida qaramasdan, o‘zganing aqliy faoliyat natijasini o‘zlashtirib olishni oddiy hol sifatida qaraydigan fuqarolarimiz ham oramizda yetarlicha. Buning ortidan intellektual mulk naqadar himoyaga muhtoj ekanligi oydinlashadi.

SH. Xudaynazarov,

viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi rahbari

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Термизда Афғонистонга гуманитар ёрдам бериш учун логистика маркази ташкил этилади

БМТ Афғонистонга гуманитар ёрдам бериш учун Ўзбекистонда логистика марказини ташкил этади. Бу ҳақда БМТ расмийси …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan