Бош саҳифа / Маданият / Ijodkor o‘qituvchilar nazmi

Ijodkor o‘qituvchilar nazmi

“Surxon nashr” nashriyotida chop etilgan “Ustoz va shogird” kitobining mualliflari — mutaxassisligi bo‘yicha fizika-matematika fani o‘qituvchisi bo ‘lgan Jo‘rabek Ravshanov va  injener-mexanik, texnika fanlari nomzodi Ro‘zimurod Qalandarovkardir. Ular tomonidan yaratilgan musaddas, muxammas, murabba’ va g‘azallar jamlanib, “Ustoz va shogird” nomli kitob sifatida o‘quvchilar qo‘liga tegdi.

Ajablanishga hojat yo‘q. Har qanday kasb egasi, agar unga Yaratgan tomonidan iqtidor va yozish qobiliyati ato etilgan bo‘lsa, tajribali yozuvchi va shoirlardan ham mukammalroq asarlar yaratishi mumkin. Bunga misollar juda ko‘p. Masalan, dunyoga mashhur qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning asl kasbi veterinar bo‘lgan. Ammo, uning asarlarini bugun butun dunyoda sevib mutolaa qilishayapti. Shu ma’noda aytadigan bo‘lsak, tajribali ustozlar Jo‘rabek Ravshanov va Ro‘zimurod Qalandarov qalamiga mansub she’riy majmuada hayot, yaxshilik va yomonlik, mehr-muhabbat va turli insoniy munosabatlar vasf etilgan bo‘lib, bu ash’orlardan o‘quvchi o‘ziga ko‘p ibratli xulosalar chiqaradi.

Kitob haqidagi batafsil tafsilotlarni “Surxon tongi” gazetasining 38-sonida mutolaa qiling!

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

10 barmog’idan hunar tomsin

Esimda qishi bilan jundan ip yigirib kalava qilgan buvim yozda ularga turli rang berib, katta …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan