Бош саҳифа / Жамият / Grant kimlarga nasib etdi?

Grant kimlarga nasib etdi?

Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi “Ijtimoiy sherikchilik bo‘yicha Jamoat komissiyasi”ning qaroriga muvofiq viloyatda “Millatlararo totuvlik va barqarorlikni ta’minlashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish” hamda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlashda NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” mavzularida e’lon qilingan grant tanlovlariga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan 19 ta loyiha kelib tushdi.

Loyihalarning barchasi  tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlanib, ishchi guruhga taqdim etildi. Ishchi guruh tavsiyalari komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilib,  “Millatlararo totuvlik va barqarorlikni ta’minlashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish” mavzusi bo‘yicha loyiha taqdim etgan viloyat Turkman milliy madaniyat markazi, “Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash” assotsiatsiyasi viloyat hududiy bo‘limi hamda O‘zbekiston Rus madaniy markazining viloyat bo‘limi grantga munosib ko‘rilgan bo‘lsa, “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda va aholi salomatligini mustahkamlashda NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” mavzusi bo‘yicha “Universal ko‘makchi” nodavlat notijorat tashkiloti, O‘zbekiston Sartaroshlar assotsiatsiyasi viloyat hududiy bo‘linmasi g‘olib deb topildi.

— Bunday tanlovlarni viloyatda ham tashkil qilsa bo‘lar ekan-ku, — deydi tanlov g‘olibi, viloyat Turkman Milliy madaniyat markazi rahbari Ergash Avazov.  — Ilgari respublika tanlovlariga loyihalar yuborib natijasini intiqlik bilan kutar edik. Endi viloyat miqyosida ham bizning loyihalarimizni qo‘llab-quvvatlaydigan, to‘laqonli faoliyat yuritishimizga ko‘maklashadigan jamoat fondi tuzilganidan mamnunmiz.

   Tanlov yakuni bo‘yicha tashkil etilgan tadbirda tanlov g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi.

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Тандир гўшт сайлию от минишда ким маҳоратли?

15-17 июнь кунлари Термиз шаҳридаги Санъат саройида Ёшлар фестивали бўлиб ўтади. Унда бешта муҳим ташаббус …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan