Бош саҳифа / Қишлоқ хўжалиги / G‘alla o‘rimi arafasida

G‘alla o‘rimi arafasida

Dehqonga hosil yetishtirish qanchalik mashaqqatli bo‘lsa, uni yig‘ib olish ham sertashvish yumush. G‘allakorlarimiz kechagina dalaga urug‘ sochayapmiz, g‘allani sug‘orayapmiz, degan tashvish bilan chopachop edi.

Bugun g‘allamiz pishdi, o‘rishga tayyorgarlik ko‘rayapmiz, deb quvonayapti. Darhaqiqat, bu yil g‘allachilik uchun og‘ir kechdi. Sababi — qishda qor kam yog‘di, erta bahorda deyarli yog‘ingarchilik bo‘lmadi hisob. Shuning uchun daryolarda ham suv har yilgiga nisbatan ancha kam. G‘allakorlar har qatra obi-hayotdan oqilona tejab-tergab foydalanganining hisobiga boshoqlar donga to‘ldi.

Bepoyon g‘allazorlarga mo‘ljaldagi hosil yetishtirildi. Endigi vazifa — rizq-ro‘zimiz bo‘lgan bug‘doyni nest-nobud qilmay qisqa fursatlarda yig‘ib olishdan iborat. Shu munosabat bilan tumanlarda boshoqli don o‘rimini tez va soz o‘tkazishga bag‘ishlab seminarlar o‘tkazilmoqda. Angor tumanida bo‘lib o‘tgan seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari Usmon Turopov ishtirok etib, g‘allakorlar oldida turgan muhim vazifalar xususida gapirdi.

Bu mavsum “Angor Surxon g‘ururi” klasteri jamoasi va 22 ta fermer xo‘jaliklari a’zolarining g‘ayrat-shijoati bilan 5650 gektar maydonda bug‘doyning tezpishar va serhosil navlari parvarishlanayapti. Tuman g‘allazorlaridan jami 18 056 tonna boshoqli don yig‘ib olish rejalashtirilgan. Shuning 5 848 tonnasi tovar don, 12 208 tonnasi urug‘likka jamg‘ariladi. O‘rimni qisqa fursatda yakunlash va g‘allazordagi hosilni tezroq yig‘ib olish niyatida 21 ta yuqori unumli kombayn, don tashish uchun 80 tadan ziyod avtomashina o‘rimga jalb qilinib, shay holga keltirilgan. Har bir kombaynga bir nafardan operator va yordamchi biriktirilgan.

Seminarda mutaxassislardan iborat ishchi guruh kombaynlarning tayyorgarligini ko‘zdan kechirishdi, mexanizatorlar, haydovchilar, operatorlar va ularning yordamchilariga vazifalari tushuntirildi. Kombaynchi mavsum davomida ro‘zg‘oridan bexavotir bo‘lib, butun diqqatini o‘rimga qaratishi uchun har bir operator va yordamchilarga 1,5 million so‘mdan, bir qop un, shuncha miqdorda kartoshka, bir qopdan piyoz, 10 kilogramdan paxta yog‘i tarqatildi.

Usmonali NORMATOV

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Иссиқхона бодринги учун ҳарорат қандай бўлиши керак?

Иссиқхонада баҳор фаслида кундузги ҳарорат юқори чегарага етганда иситишни қисман ёки тўлиқ тўхтатишга ва шамоллатишни …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan