Бош саҳифа / Жамият / Ezgu maqsad yo‘lida

Ezgu maqsad yo‘lida

O‘zingizga ma’lum, joriy yil yanvar oyida anomal sovuq harorat kuzatildi. Dekabr oyida yog‘gan qalin qor qariyb ikki hafta erimadi, osmon bulutli bo‘lib, 8-9 darajagacha sovuq hukm surdi. Qisqacha qilib aytganda, janubga xos bo‘lmagan tabiat hodisasiga guvoh bo‘ldik. Odamlarning ko‘ngliga, ishqilib, tanasini xuddi oppoq gul kabi qoplagan qalin qirov ta`sirida dov-daraxtlarni sovuq urmagan bo‘lsin-da, degan  xavotir oralagani ham rost. Shunday izg‘irin kunlarda maktab o‘quvchilari va oliygoh talabalari ta`tilda ekani, bir hisobdan yaxshi bo‘ldi. Ammo, odamlar katalakdek bir torgina xonani isitolmasdan xunob bo‘lgan bir paytda, davlat ijtimoiy soha obyektlarida ahvol qanday kechdi ekan, degan savol o‘ylantiradi odamni. Shu sababli, Jarqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida bemorlar uchun yaratilgan sharoit hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan yaqindan tanishdik.

Tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Anvar Jumayevning aytishiga qaraganda, shifoxonaning isitish tizimi uchun 345 tonna ko‘mir zaxira qilingan. Shuningdek, shifoxonani isitishda gaz, elektr va o‘tindan ham foydalaniladi. Ayozli kunlarda bo‘limlarda iliq haroratni saqlab turish maqsadida isitish pechlari kechayu kunduz yoqiladi. Jumladan, terapiya, rejali jarrohlik, reanimatsiya, diagnostika, tug‘uruqxona kompleksi, tez tibbiy yordam hamda bolalar bo‘limlarini ko‘zdan kechirganimizda bunga o‘zimiz ham amin bo‘ldik. Sovuq kunlarda shifoxonaning terapiya bo‘limida davolanayotgan fuqaro Inobat Rahimova yaratilgan sharoitdan mamnun holda, palatalar iliq ekanligini bildirdi.

O‘z-o‘zidan ma’lumki, ko‘mir yoqilgach, quvurdagi suvni nasos orqali hay-dash uchun elektr toki zarur bo‘ladi. Tumanda bu boradagi uzilishlarga qaramas-dan, shifoxonada elektr manbai ta’minotida uzluksizlik ta’minlangan, deyish mumkin. Shifoxonada statsionar va tez tibbiy yordam shaklidagi xizmatlar ko‘rsatiladi. 

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli bo‘limlarga 3 ta “Damas” tez yordam mashinalari topshirilganligi esa ayni muddao bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, tez tibbiy yordam bo‘limlarining chaqiriqlarga tez va qisqa muddatda yetib borib, sifatli shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishlari uchun yana bir imkoniyat yaratdi.

X. Tog‘aymurodov

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Армияга кетиш тартиби ўзгарди

Армияни бежизга ҳаёт мактаби дейишмайди. Унинг тарбиясини олган йигитлар ҳам ўзи туғилиб ўсган макон, ота-онаси …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan