Бош саҳифа / Жамият / Ekinlarim barq urgan palla

Ekinlarim barq urgan palla

Qiziriq tumani “Qorasuv” mahallasida istiqomat qilayotgan Kamola Qodirova ham ikki norasidasini yolg‘iz tarbiyalayotgan edi. Ammo, shunda ham u o‘z kunini o‘zi ko‘rishga urinardi. Kimdandir ko‘mak so‘rab, boquvchisi yo‘qligini pesh qilishni or bilgani uchun ham xotinqizlarni, ishsizlarni ish bilan ta’minlash, ro‘zg‘ori uchun pul ishlab topish maqsadida bundan o‘n yillar ilgari o‘zi ham daromad topishni ko‘zlab ish boshlagan. Brigada tuzib, o‘sha hududdagi fermer xo‘jaliklari, klasterlar bilan kelishgan holda daladagi ishlarga brigadasidagi ishchilarni jalb etardi. Daladagi chopiq, yaganalash, yerni yumshatish kabi ishlarga jalb qilingan ishchilarga, bajargan ishiga qarab maosh bilan ta’minlab kelardi.

Tumandagi mutasaddilar, mahalladagi jonkuyarlar bu ayolga tomorqasidan unumli foydalanib, ro‘zg‘orini yanada to‘kis qilishini ko‘zlab, subsidiya asosida issiqxona qurib berishdi. Qarabsizki, unda barq urib turgan pomidor, bodringdan tortib, limon, mandarin hamda apelsin ko‘chatlari ham ko‘zni quvnatadi. Elburutdan chiqa boshlagan bodringlari esa Komila opaning farzandlarini xushnud etibgina qolmay, qishloqdoshlarining ham og‘ziga totgani quvonchli. Bir sotixgina yerdan ham yaxshi mehnat qilib, mehr berib ishlansa, yetarlicha hosil va mo‘maygina daromad olish mumkinligini Kamola opa isbotlab qo‘ydi. Bodringlar joriy yilning mart oyidan boshlab bozorga chiqarilgan bo‘lsa, endilikda pomidorlar ham xaridor qidirib, savdoga chiqishga shay bo‘lib, lo‘ppi yuzlariga qon yugurgilab turganiga nima deysiz?

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan o‘tgan yili Qiziriqda Komila opa singari ishsiz fuqarolarning 36 nafariga subsidiyalar ajratilgan. Shundan 28 nafar tomorqa yer egalariga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun 138 million 30 ming so‘m, 3 nafar tomorqa yer egalari uchun urug‘lik va ko‘chatlar xaridi uchun 4 million 826 ming so‘m, 5 nafar tomorqa yer egalarining sug‘orish vositalarini xarid qilish uchun 7 million 168 ming so‘m subsidiya ajratilgan. Aholi turmush farovonligini oshirish, tadbirkorligini kengaytirish maqsadida fuqarolarga subsidiyalar berish ishlari bu yil ham baravj. Shu kunga qadar band bo‘lmagan tomorqa yer egalarining 43 nafariga 287 million 670 ming so‘m subsidiya berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davridan esa tumandagi sektor rahbarlari tavsiyasi asosida faqatgina “Temir daftar”,”Ayollar” va “Yoshlar” daftari ro‘yxatida turgan ish bilan band bo‘lmagan 20 nafar tomorqa yer egasiga Bandlikka ko‘maklashish jam­­­g‘armasi mablag‘lari hisobidan 107 million 680 ming so‘mlik subsidiya ajratildi. Shundan 14 nafar tomorqa yer egalariga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun 96 million 410 ming so‘m, 2 nafar tomorqa yer egasiga urug‘lik va ko‘chatlar xaridi uchun 1 million 470 ming so‘m, 4 nafariga esa sug‘orish vositalarini sotib olish uchun 9 million 800 ming so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilgan. Ushbu tomorqa yer egalariga subsidiya mablag‘lari hisobidan qurib berilgan yengil konstruksiyali issiqxona, urug‘liklar va sug‘orish vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha monitoring ishlari ham tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Adolat Mo‘minova

Davomi gazetaning 38-sonida

Бошқа маълумотни қидириб кўринг

Тандир гўшт сайлию от минишда ким маҳоратли?

15-17 июнь кунлари Термиз шаҳридаги Санъат саройида Ёшлар фестивали бўлиб ўтади. Унда бешта муҳим ташаббус …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan